Eshitdik-da! Samvel Babayan bugun "Navbahor" rahbariyati bilan uchrashadi
14 dek 2020 16:26
Yangiliklar


Eshitdik-da! Samvel Babayan bugun "Navbahor" rahbariyati bilan uchrashadi
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Samvel Babayan bugun Namanganga etib boradi va viloyat rahbariyati bilan uchrashishi kutilmoqda. Muzokaralar muvaffaqiyatli o'tsa, Babayan "Lochinlar" bosh murabbiyiga aylanadi. Klub jamoa futbolchilariga yaqin kunlar ichida yangi bosh murabbiy kim bo'lishini malum qilishini aytgan. Bu haqda jamoa futbolchilaridan biri malumot berdi.
Eslatib o'tamiz, 2019 yil Samvel Babayan "Lokomotiv" bosh murabbiyi bo'lib ishlaganida "Navbahor"ga qarshi kechgan Namangandagi bahsdan keyingi matbuot anjumanida quyidagi gaplarni aytgandi: "Har bir insonning orzusi bo'ladi. 1996 yilda "Navbahor" chempion bo'lganida shu klub azosi bo'lgandim. Eng katta orzularimdan biri bir kun kelib "Navbahor" bosh murabbiyi sifatida klubni O'zbekiston chempioni qilish!".
Malumot uchun, Babayan shu yilning 5 oktyabr kuni Xitoyning "CHanchun Yatay" klubidan istefoga chiqarilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar