Eshitdik-da! "Qizilqum"da serbiyalik murabbiy ish boshlashi mumkin
17 jan 2022 13:41
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Qizilqum"da serbiyalik murabbiy ish boshlashi mumkin
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi yangi mavsum oldidan nafaqat tarkibda, balki murabbiylar shtabida ham o'zgarishlarga qo'l urmoqda.
Insayderimizning saytimizga malum qilishicha, yaqin kunlarda jamoada serbiyalik murabbiy Nikola Lazarevich ish boshlashi mumkin. Ushbu mutaxassis muxlislarga Tojikistonning "Istiqlol", "Xo'jand", mamlakatning U-21 va milliy terma jamoalaridagi faoliyati bilan tanish hisoblanadi. Lazarevichning so'nggi yillarda Saudiya Arabistoning "Al Tavun", Liviyaning "Al Nasr" klublarida faoliyat olib bordi. Aytib o'tish joiz, ushbu murabbiyga o'tgan mavsumda Samarqandning "Dinamo" jamoasidan ham chorlov bo'lgan edi.
Fikrlar