Eshitdik-da! "Paxtakor" - "Olmaliq" o'yini qoldirilishi mumkin
01 mar 2015 15:21
Yangiliklar

Eshitdik-da! "Paxtakor" - "Olmaliq" o'yini qoldirilishi mumkin
Xabaringiz bor, 12 mart kuni bu yilgi oliy liga bahslariga start beriladi.
SHu kuni to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi va ulardan biri "Paxtakor" - "Olmaliq" bahsidir.
9 mart kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun Vetnamga yo'l olishini hisobga olsak, "Paxtakor" - "Olmaliq" uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilishi mumkin, qachonki "Paxtakor"dan kamida besh nafar futbolchi olimpiya terma jamoasiga chaqirilsa.
Bu yilgi reglamentga ko'ra, milliy terma jamoaga uch, olimpiya terma jamoasiga esa besh nafar o'yinchisini bergan klub o'z o'yinini boshqa muddatga qoldirishi mumkin. Hozirda "Paxtakor"dan Vladimir Kozak, Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Timur Hakimov singari futbolchilar olimpiya terma jamoasiga nomzod hisoblanadi.

Fikrlar