Eshitdik-da! "Paxtakor" futbolchisi "Energetik-BGU"ga o'tadi Yangiliklar

Eshitdik-da! "Paxtakor" futbolchisi "Energetik-BGU"ga o'tadi

"Paxtakor" klubi va O'zbekiston U-20 terma jamoasi hujumchisi legionerga aylanadi.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Rustam Turdimurodov "Energetik-BGU" klubi safiga qo'shiladi.

Turdimurodov yaqinda Argentinada o'tgan U-20 Jahon chempionatida ishtirok etdi.

2004 yilda tug'ilgan hujumchi bu mavsum "Paxtakor" safida jami 2 ta o'yinda maydonga tushdi.  Transfermarkt portali Turdimurodovni ayni paytda 75 ming evroga baholamoqda.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика