Eshitdik-da! O'zbekiston U-23 Franciyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini xarajatlarsiz o'tkazadi
28 may 15:15
Yangiliklar


Eshitdik-da! O'zbekiston U-23 Franciyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini xarajatlarsiz o'tkazadi
Xabaringiz bor, O'zbekiston U-23 terma jamoasi iyun oyidagi FIFA kunlarida Franciya olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi.
Uchrashuv 4 iyun kuni "Orleans" stadionida bo'lib o'tadi.
Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, Franciya futbol federaciyasi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining barcha xarajatlarini o'z zimmasiga oladi. Tomonlar kelishuviga ko'ra, aviachiptalar, mehmonxona va barcha yashash sarf-xarajatlari mezbonlar tomonidan qoplanadi.
Shunday qilib, Ravshan Haydarov jamoasi Franciyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun hech qanday ortiqcha to'lov qilmaydi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Franciya bilan ro'baro' keladi!
Franciyaga qarshi bahsda ishtirok etadigan O'zbekiston U-23 terma jamoasi qaydnomasi malum
O’xshash yangiliklar

Fikrlar