

Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O'zbekiston kuzda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Ispaniya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin. Hozircha bahs qachon o'tishi ma'lum emas. Lekin tomonlar deyarli kelishuvga erishishgan.
Bugun ushbu mundialga qur'a tashlandi. Unga ko'ra O'zbekiston "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama bilan o'ynaydi. Ispaniya esa "F" kvartetida Eron, Marokash va Ozarbayjonga qarshi kurash olib boradi.



