So’nggi yangiliklar

23:47"Ньюкасл" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:45Суперлига. "Машъал" – "Қизилқум" 0:2  0 23:31Дориев Шимолий Македония миллий терма жамоасидан чақирув олди  2 23:14Самвел Бабаян: "Бугун "Нефтчи" тарихини ёзаётган футболчиларни бир пайтлар ўзим катта қилганман"  19 22:45Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  144 22:12ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида "Габала"га 7 та гол урди ва чемпионлик учун янада дадил қадам ташлади  1 21:57"Ал Батаэҳ" — "Ажман". Таркиблар маълум  0 21:53"Галатасарой" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  23 21:45Суперлига. "Қизилқум" Навоийда "Машъал"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  8 21:30Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 3:0  5 20:55Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди  151 20:20Родриго тиззасидан операция қилинди  67 19:53"Ливерпуль" испаниялик мутахассис номзодини ўрганмоқда  2 19:19Конте: "Агар Беллингем унинг натижасини такрорлаганида, "Олтин тўп"ни қўлга киритарди"  4 18:26Сэр Алекс Фергюсоннинг хотиралар китоби нашрдан чиқади  1

Eshitdik-da: O'zbek futbolida kutilmagan istefo Yangiliklar

Eshitdik-da: O'zbek futbolida kutilmagan istefo

Karantin davrida O'zbekiston futbolida hech kim kutmagan istefo ruy berdi.

Eshitishimizga qaraganda, PFL bosh direktori Davron SHoqurbonov bugun kechki yig'ilishda egallab turgan lavozimidan bo'shatilgan. Hozircha mazkur xabar hech bir taraf tomonidan tasdiqlangani yo'q. Garchi rasman tasdiqlanmagan bo'lsada, katta ehtimol PFL mazkur holat bo'yicha erta yoki indin malum qilishi kutilmoqda.

Taniqli jurnalist, saytimiz ijodkori Xayrulla Xoliqov ham o'zining telegram kanalida PFLda o'zgarishlar bo'layotganiga shama qildi: "PFL bosh direktori Davron SHoqurbonov ishdan ketibdi deb eshitdim. Bu haqda tashkilot rasmiy malumot berishi kutilyapti ekan", - deb yozadi Xoliqov.

Malumot uchun, Davron SHoqurbonov o'tgan yili yozda PFL rahbari etib tayinlangandi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli O'zbekiston chempionati 16 mart kunidan rasman to'xtatib qo'yilgandi va hozirga qadar jamoalarga rasman mashg'ulot o'tkazish uchun O'FA yoki PFL ruxsat bergani yo'q. Karantin davrida tashkilot Superliga qachon tiklanishi borasida biror reja yoki takliflarini rasman ommaga taqdim etmay kelayotgandi. Garchi tashkilot Superligani karantin davrida tiklash bo'yicha ishlab chiqayotgan rejalarini taqdim etmagan bo'lsada, O'zbekiston futbol associaciyasi, Professional futbol ligasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mamlakatimizda futbol uchrashuvlarini qayta tiklash yuzasidan qo'shma yig'ilish o'tkazgani haqida Diyor Imomxo'jaev malumot bergandi.

Hozircha barcha klublar qatori va futbol ihlosmandlari ham PFL qachon Superligani qayta tiklashini kutishmoqda. Bu orada esa tashkilotda istefo kuzatilayotgani va SHoqurbonovning nega ishdan ketayotgani borasida malumotlar yo'q.

Tez orada PFL mazkur holatga rasman munosabat bildirilishi yoki xabarni tasdiqlashini kutamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика