Eshitdik-da! Otabek Shukurovga Janubiy Koreyadan qiziqish bor

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2017, 09:00
O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisiga xorij klubidan qiziqish mavjud.
Eshitishimizga qaraganda, Shukurovga Janubiy Koreya klublaridan biri qiziqib qolgan. Hozircha klub nomi ma'lum emas. Otabek Shukurov o'tgan mavsum "Bunyodkor"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va shu orqali O'zbekiston terma jamoasi safida ham bir qator muhim o'yinlarda maydonga tushdi. Shukurov Xitoy bilan o'yinda o'z hisobiga gol yozib qo'yishga ham erishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia