So’nggi yangiliklar

17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  0 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  0 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5

Eshitdik-da! Odil Hamrobekov legionerga aylanish arafasida Yangiliklar

Eshitdik-da! Odil Hamrobekov legionerga aylanish arafasida

Mamlakatimizda yangi mavsum boshlanish arafasida turibdi. O'z-o'zidan transferlar ham avjiga chiqqan payt.

"Championat.asia" olgan malumotlarga ko'ra, amaldagi chempion va kubok sohibi "Paxtakor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov legionerga aylanish arasida turibdi. Tayanch yarim himoyachisi BAAga uchib ketgan. Odil tez orada Dubayning "SHabab Al Ahli" klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ayni paytda boshqa hamyurtlarimiz Azizjon G'aniev va Jaloliddin Masharipov ham aynan "SHabab Al Ahli" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Dubayliklar BAA chempionatida 18 turdan so'ng 32 ochko bilan 5-o'rinda borishmoqda. Jamoa OCHLda "A" guruhida "Al Hilol", "Istiqlol" va AGMK yoki "Al Garafa"dan biri bilan bellashadi.

Malumot uchun, "SHabab Al Ahli" tarkibida Azizjon G'aniev 13 fevral kuni ichki chempionat doirasida "Al Vahda"ga qarshi bahsda jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Katta ehtimol bilan dubayliklar G'anievning o'rniga Hamrobekovni xarid qilishmoqchi.


Eslatib o'tamiz, 2020 yilgi mavsumda Hamrobekov Superligada 21ta o'yinda maydonga tushdi va 4ta golli pasni amalga oshirdi.

Abror Pirriev Aziz G'aniev 6 oyga safdan chiqqanini malum qildi


BAA chempionati turnir jadvali >>>>> BAA Oliy ligasi

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика