Eshitdik-da! "Neftchi" futbolchilari 3 oydan beri maosh olishmayapti
10 iyu 2024 16:11
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Neftchi" futbolchilari 3 oydan beri maosh olishmayapti
3 kundan so'ng yana ichki chempionat bahslari davom ettiriladi.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, Farg'onaning "Neftchi" klubida moliyaviy muammolar yuzaga kelgan. Gap shunda-ki, futbolchilar fevral oyidan beri maosh olishmagan. G'alabalar uchun mukofot pullari ham berilmay yig'ilib qolgan. Hatto, klubning ayrim o'yinchilardan o'tgan yilgi bazi "premiya" qarzlari hamon berilmagan.
Yana bir jihat bor-ki, agar futbolchi shartnomasida ko'rsatilgan maoshini 3 oy olmasa, kelishuvni bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo'ladi. "Neftchi" rahbarlari xushyor tortishmasa yozda jiddiy muammolarga duch kelishlari mumkin.
"Neftchi" ayni paytda Superliga turnir jadvalida 17 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda. Peshqadam "Nasaf"da 19 ochko mavjud.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar