Eshitdik-da! "Navbahor" 50 ming dollarga chernogoriyalik himoyachini sotib oldi
28 jan 2023 18:17
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Navbahor" 50 ming dollarga chernogoriyalik himoyachini sotib oldi
Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Namangan klubi yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi.
"Navbahor" 50 ming dollar evaziga Serbiyaning "Vojdovac" klubi markaziy himoyachisi Milosh Milovichni tarkibiga qo'shib oldi.
27 yoshli futbolchi bugungi kunga qadar CHernogoriya, Finlyandiya, Kosovo va Serbiya klublarida harakat qilgan.
Milovich 2020 yilning noyabrida CHernogoriya MTJ safida debyut qilgan va bu uchrashuv u uchun milliy termadagi yagona bahs bo'lib turibdi.
Avvalroq "lochinlar" matbuot xizmati legioner futbolchi jamoaga kelib qo'shilganini malum qilgan edi.
Fikrlar