Eshitdik-da! "Navbahor" 2 sobiq futbolchisini ortga qaytardi
06 dek 11:01
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Navbahor" 2 sobiq futbolchisini ortga qaytardi
Namanganning "Navbahor" klubi Sergey Lushchan jamoada qolishi aniq bo'lgandan keyin transferlarga qo'l urdi. "Lochinlar" imkon qadar asli namanganliklar bo'lgan o'yinchilarni jamoada jamlashni xohlashmoqda. "Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, "Navbahor" jamoasi sobiq futbolchilari Botirali Ergashev (darvozabon) hamda Mirzohid G'ofurov (chap qanot himoyachi) bilan shartnoma imzoladi. Ortda qolgan yil "Neftchi" tarkibida harakat qilgan har ikki o'yinchi yangi mavsumda "Navbahor" sharafini himoya qiladi.
Malumot uchun, Botirali Ergashev 2024 yil "Neftchi" safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol o'tkazdi. 8 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Mirzohid G'ofurov esa 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar