Eshitdik-da! "Navbahor" 2 sobiq futbolchisini ortga qaytardi

Tolibjon Qosimov
6 dek 2024
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.

Namanganning "Navbahor" klubi Sergey Lushchan jamoada qolishi aniq bo'lgandan keyin transferlarga qo'l urdi. "Lochinlar" imkon qadar asli namanganliklar bo'lgan o'yinchilarni jamoada jamlashni xohlashmoqda. "Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Navbahor" jamoasi sobiq futbolchilari Botirali Ergashev (darvozabon) hamda Mirzohid G'ofurov (chap qanot himoyachi) bilan shartnoma imzoladi. Ortda qolgan yil "Neftchi" tarkibida harakat qilgan har ikki o'yinchi yangi mavsumda "Navbahor" sharafini himoya qiladi.


Ma'lumot uchun, Botirali Ergashev 2024 yil "Neftchi" safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol o'tkazdi. 8 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 

Mirzohid G'ofurov esa 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Surxon futbolchisi Navbahorga o'tdi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia