So’nggi yangiliklar

16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да биттадан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  1 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  1 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  1 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  4 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  2 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  2 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  1 10:50МЮда жароҳатлар эпидемияси бошланди. Расмус Ҳойлунд қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  1

Eshitdik-da: Murabbiylar 2ta turga kelishishgan ekan, endi nima bo'ladi? Yangiliklar

Eshitdik-da: Murabbiylar 2ta turga kelishishgan ekan, endi nima bo'ladi?

Oliy liganing dastlabki ikki turi juda ham chiroyli o'tdi. Kim aslida kimligini ko'rib olishimiz uchun mana shu ikki turning o'zi kifoya ekan.
To'g'ri, bazi jamoalar uchun taqvim juda zo'r kelgandi. Kelishuv tufayli masalan, "Mashal" ikki o'yinda ham toza o'ynab, turnir jadvalining birinchi pog'onasidan joy olib turibdi. "Olmaliq"ni esa haqiqiy kuchini ko'rdik. OCHL jamoalariga qarshi kechgan o'yinlarda jami to'rt ochko to'pladi va birinchi davraning eng qiyin 4 o'yinidan 75 foizli natija bilan o'tib oldi. Bu esa jamoani chempionlik uchun ham kurash olib borishi mumkinligidan dalolat, agar kelishuv o'z kuchida qolsa.

Bizga malum qilishlaricha, murabbiylar dastlabki ikki turga kelishib olishgan ekan. Yani, 1 va 2-turlarda halol futbol o'ynashga. Aynan 2ta turdan keyin yana bitta yig'ilish o'tkazilishi lozim. Ikkinchi tur ham yakuniga etdi, erta-indin oliy liga murabbiylari yana bir bor davra stolida yig'iladilar. O'z navbatida biz o'quvchilar nomidan, mana shu xabarni o'qiyotgan barcha-barcha murabbiylardan kelishuvni yana 28 turga cho'zdirishni iltimos qilib qolamiz.

Lekin guruch kurmaksiz bo'lmaydi. Hozircha murabbiylar o'rtasida bir-birlariga ishonch katta emas. SHuning uchun ayrim murabbiylar, men qolgan turlarda ham halol o'ynasam-u, raqib bosh murabbiyi qing'ir ish qilib qo'ymasmikin degan hadikda. O'zaro ishonch yo'q. Murabbiylar allaqachon ishonchdan chiqib ketishgan, endi uni qaytarish biroz qiyin bo'ladi. Agar shunday ishlashda davom etsak, uni qaytishiga ishonishimiz mumkin.

Kelishilgan o'yinlarni yo'qotishda hakamlarning ham xizmati katta. Ular orasida hammani ham to'g'ri ishlaydi deb ayta olmaymiz. Murabbiylar aynan shundan havotirda. Mana, Ermatov va Kovalenkoga o'xshab ishlanglar, butun dunyo tan olsin sizni. Eng oliy yutuq shu emasmi aslida? Ularning ortidan kelayotgan Asimov, Ceytlin kabi hakamlarni misol qilishimiz mumkin.

Agar hakamlarimizning barchasi halol mehnat qilsa, o'yin davomida haqorat qilgan muxlis jamoasini katta miqdorda jarimaga tortish yoki bir nechta o'yinga uchrashuvni muxlislarsiz o'tkazishni ham ko'rib chiqish kerak. Boisi, halol futbol sari olg'a qadam tashlayotgan ekanmiz, demak barchamiz birlashishimiz kerak.

Yaqinda bir murabbiy qo'ng'iroq qilib, halol futbol borasida OAVni ham yordamga chaqirdi. Ularning orasida ko'pchilik hakamlardan qo'rqyapti. SHunda bir taklif chiqdi. Oliy liga klublari kelishgan holda, PFLga beradigan badal pullarini oshirsinlar. Oshgan pul asosida PFL qonuniy ravishda hakamlarning maoshini oshirsin.

Balki aynan biz hali hech kim qo'llamagan ishni amalga oshirib ko'rarmiz. Tan olamiz, bugun oliy ligadagi hakamlar, undagi futbolchilarga nisbatan bir kalla ustun. Ammo futbolchilardan farqli ravishda hakamlarimiz legioner bo'lib keta olmaydilar. Ularning qora qozonlari oliy liga orqali qaynashga majbur. SHunday ekan, hakamlarning kategoriyasi va tajribasidan kelib chiqib pul to'lansin. Masalan, Ermatov va Kovalenkoning brigadasiga har bir o'yinga 30 000 000 so'm deylik. Unga yaqin yuradiganlar 20 000 000 so'm. O'rtamiyonalar 15 000 000, endi chiqayotganlar 10 000 000. SHunda ularga nisbatan biroz adolat bo'lardi. JCH hakami ham, endi oliy ligaga qadam qo'ygan hakam ham bir xil pul topishi bu to'g'ri bo'lmasa kerak. Oliy ligada hamma futbolchi bir xil daromad qilmaydi-ku. Xullas bu ham taklif, uni o'ylab ko'rish PFL va klublarimiz qo'lida. CHunki badal pulini klublar beradi.

Mana shunday tariflar ishlab chiqilsa, keyin hakamlarimizda yanada o'sishni kuzatishimiz mumkin. Yaqinda shu masala yuzasidan bir nazoratchi bilan gaplashganimda u ham fikrimni maqulladi.

Yana bir narsa, bugungi kunda Ravshan Ermatov tom manoda futbolimiz yuziga aylanib ulgurdi. Bu kishining o'zbek hakamlari oldida tutgan o'rni katta. Har bir sohada xodimlar quloq soladigan kishisi bo'ladi. Menimcha, oliy liga hakamligidagi mana shu kishi Ravshan Ermatov bo'ladi. Istardikki, Ravshan Ermatov oliy ligadagi barcha hakamlarni tartibga chaqirsa. Yani, guruchdagi kurmaklarni. SHunda Ermatovga qo'shilib, terma jamoamiz ham JCHga borardi. SHunda OCHLda ikki emas, 5-6 brigada hakamlik qilardi. SHunda kichik JCHlardagi hakamlarimiz soni oshardi. SHunday ekan, Ravshan aka, biz OAV va sayt o'quvchilari sizni norasman bo'lsa-da, ularga SARDOR etib tayinladik va sizdan qolgan hakamlarimizni nazorat qilishingizni so'raymiz.

Endigi murojaatimiz klub rahbarlariga. Murabbiylarimiz ERKAK bo'lib qo'l tashlashdimi kelishmaslikka, endi sizlar ham murabbiyingizga imkoniyat bering. Odatda murabbiylar nima uchun kelishadilar, o'z o'rinlarini yo'qotgilari kelmaydi. Kelishilgan o'yinda ijod bo'larkanmi? Yo'q, albatta. Gar shunday ekan, murabbiylarga qo'yib bering. Halol futbolda, bir-ikki yil o'zlarini sinab olsinlar. Mana shunda biz qaysi murabbiy qanday kuchga egaligini ko'ramiz. Biz nafaqat futbolchilarni, balki murabbiylarning ham chet el jamoalariga ketishini istaymiz.

Oliy ligada oltin medal uchun kurashish yaxshi, ammo o'yinlar mana shunday halol o'tsa, hammangiz mana shu oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lasiz, bu medalning nomi VIJDON medali bo'ladi. Halol futbolda yutilgan g'alabadan keyin choyxonada ham kerilib palov eyishingiz mumkin. Birov "Eh, uni sotib oldin-ku jo'ra, qo'y maqtanma", demaydi. Buni bir o'zingizda sinang. SHunday ham bemalol o'tiraman deb gapni bo'lmang, ichingizda baribir o'zingizni alday olmaysiz.

Mana shunday qiziq kutilishi kutilayotgan chempionat uchun avvalo Mirabror Zufarovichga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Mana shunday o'yinlar oliy ligani bezayapti va muxlislarning unga bo'lgan qiziqishini orttiryapti. Buni saytga tashrif buyurayotgan o'quvchilar sonini ortayotganidan ham bilib olsak bo'ladi. Avvallari faqat tur bo'ladigan kuni odam gavjum bo'lardi, bugunga kelib kun sayin o'quvchilarimiz ko'payib boryapti. Demak, erta-indin bo'lib o'tadigan yig'ilishda klublarimizdan halol futbolni yana 28 turga uzaytirishlarini iltimos qilib qolamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика