So’nggi yangiliklar

12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  1 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  0 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  4 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  4 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  6 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  10 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  20 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1

Eshitdik-da! Mochinovga rahbariyat 2ta o'yinga imkoniyat bergan Yangiliklar

Eshitdik-da! Mochinovga rahbariyat 2ta o'yinga imkoniyat bergan

Joriy mavsum Aleksandr Mochinov boshchiligida buxoroliklarning ishi yurishmayapti.

Jamoa 6-tur o'tdiki hamon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. "Buxoro" o'z maydonida 2-turda "Dinamo" bilan durang qayd etib, o'z hisobiga bitta ochko yozdirib qo'ygandi. Qolgan beshta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Bugungi kunda natija birinchi o'rin turibdi. Garchi murabbiy kelajak uchun ishlayotgan bo'lsada, natija ijobiy bo'lmasa rahbariyat "dirijyor"ni zudlik bilan almashtirishga qaror qiladi. 

Albatta mag'lubiyat hech kimga yoqmaydi. "Buxoro" o'tgan shanba kuni o'z maydonida "Olmaliq"dan yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Muxlislar norozi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ham Mochinov mag'lubiyat va jamoaning omadsiz ishtiroki uchun barcha aybni o'z zimmasiga olishini takidlab o'tgan. 

Keyinroq eshitishimizcha "Buxoro" rahbariyati bosh murabbiyga yana ikkita o'yinda ishonch bildirgan xolda, vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishi uchun imkoniyat berishini aytgan. 

Agarda haqiqatdan ham shunday bo'lsa, Mochinov uchun oliy liganing 7-8-tur o'yinlari juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Juda qiyin bo'lishi turgan gap. CHunki ikki o'yin ham safarda, "Qo'qon-1912" va "Mashal" klublariga qarshi kechadi.   

Demak, buxoroliklar 2 may kuni Qo'qonda o'ynashsa, 9 may kuni esa Muborakda "Mashal"ga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика