Eshitdik-da! "Metallurg" serbiyalik himoyachini o'z safiga qo'shib olish arafasida
20 dek 2022 21:11
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Metallurg" serbiyalik himoyachini o'z safiga qo'shib olish arafasida
Bekoboddan daraklar.
Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlayotgan "Metallurg" tarkibini legioner himoyachi bilan kuchaytirishni rejalashtirgan. Championat.asia malumotiga ko'ra, o'tgan mavsumni "Qo'qon-1912"da o'tkazgan serbiyalik himoyachi Ivan Yosovich bekobodliklar safiga qo'shilishga yaqin turibdi.
Avvalroq futbolchini qo'lga kiritishda "Turon" favorit bo'lib turgandi. Biroq ikki tomon o'zaro kelisha olishmagan ko'rinadi.
Ivan Yosovich "shunqorlar" tarkibiga 2020 yilning yanvarida qo'shilgan edi. U "Qo'qon-1912" uchun 73 ta rasmiy o'yinda maydonga chiqib, o'z nomiga 9 ta gol (+ 4 ta assist)ni yozdirib qo'ydi. O'tgan mavsum yakunlangach erkin agentga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar