Eshitdik-da! "Lokomotiv"ga kelayotgan portugaliyalik murabbiy kimligi malum
03 jan 2021 15:28
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Lokomotiv"ga kelayotgan portugaliyalik murabbiy kimligi malum
Toshkentning "Lokomotiv" klubini Germaniyada tug'ilgan murabbiy boshqaradi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Temiryo'lchilar" 1973 yil Germaniyada tug'ilgan Mikael Sikeyra bilan 2 yillik shartnoma tuzishgan.
Sikeyra ayni paytda "Lokomotiv" darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlayotgan ispaniyalik Daniel CHabrera bilan birga 2019 yil Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubida ishlagan.
2020 yilda u "Braga"da yordamchi murabbiy sifatida ishladi va klub bilan birga Portugaliya Liga kubogi sohibiga aylandi. Bundan tashqari "Braga" Portugaliya chempionatida 3-o'rinni egallab Evropa ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Mikael Sikeyra UEFAning PRO licenziyasiga ega. Bugungi kunda u "Braga" klubida koordinator lavozimida ishlab kelayotgandi.
Suratda chapda Mikael Sikeyra, o'ngda Dani CHabrera.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar