Eshitdik-da! Kenjaboev ham "Navbahor"ga o'tmoqda
28 noy 2021 17:27
Yangiliklar
Eshitdik-da! Kenjaboev ham "Navbahor"ga o'tmoqda
Namanganning "Navbahor" klubi yangi mavsumdan oldin o'z tarkibini kuchaytirishni boshlab yubordi.
Bugun klub O'tkir Yusupov, Boyan Ciger va Davron Hoshimov bilan shartnoma uzaytirilganini elon qildi. Bundan tashqari "So'g'diyona" yarim himoyachisi Jamshid Boltaboev bilan kelishuvga erishilgani haqida xabar chiqdi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Qizilqum" klubi yarim himoyachisi Islom Kenjaboev yangi mavsumni "Navbahor"da o'tkazadi.
2021 yilgi mavsumni Janubiy Koreyaning "Jeju Yunayted" klubida boshlagan futbolchi yozda "Qizilqum" safiga kelib qo'shilgandi. Ikkinchi davrada Kenjaboev Superligada 14ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. O'zbekiston kubogida esa 2ta o'yinda 3ta gol urdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar