Eshitdik-da! Islomjon Qobilov Janubiy Koreyaga yo'l olishi mumkin
23 dek 2020 16:53
Yangiliklar


Eshitdik-da! Islomjon Qobilov Janubiy Koreyaga yo'l olishi mumkin
O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi himoyachisi Islomjon Qobilov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, 1 yanvar kuni erkin agentga aylanadigan Qobilovga Janubiy Koreya klublaridan takliflar mavjud. Oldinroq agar himoyachi chet el klubiga ketmasa katta ehtimol bilan Toshkentning boshqa bir jamoasi "Lokomotiv"ga o'tishi haqida xabar bergandik.
Malumot uchun, Islomjon Qobilov 2020 yilgi Superligada "Bunyodkor" safida 25ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar