Eshitdik-da! Ibrohim Halil Yo'ldoshev "Jenoa" yoki "Son"ga emas "Nijniy Novgorod"ga o'tmoqda
20 avg 2021 13:21
Yangiliklar
Eshitdik-da! Ibrohim Halil Yo'ldoshev "Jenoa" yoki "Son"ga emas "Nijniy Novgorod"ga o'tmoqda
"Paxtakor" himoyachisi Ibrohim Halil Yo'ldoshev faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, himoyachi Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi "Nijniy Novgorod" klubiga ko'chib o'tmoqda.
Ushbu klubni Rossiya futboli sobiq yulduzlaridan biri Aleksandr Kerjakov boshqarmoqda. "Nijniy Novgorod" bu mavsum chempionatda 4ta o'yinda 2ta g'alaba, 1ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etdi. 7 ochko to'plagan jamoa ayni paytda 6-o'rinda bormoqda.
Oldinroq Yo'ldoshevga Italiyaning "Jenoa" va SHveycariyaning "Son" klublaridan qiziqish borligi haqida xabarlar chiqqan edi.
Fikrlar