

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Alaniya" klubi Norchaevni "Neftchi" klubiga ijaraga berishga yaqin. Futbolchining agentlari bilan bog'langanimizda muzokaralar davom etayotgani haqida aytishdi.
Ma'lumot uchun, "Neftchi" yaqinda olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov bilan shartnoma tuzgandi.
Eslatib o'tamiz, Norchaev "Alaniya"ning Turkiyadagi yig'inida ishtirok etmayapti.



