Eshitdik-da! Hamrobekov va Hamdamov "Paxtakor"ga qaytdi
23 iyu 2021 17:51
Yangiliklar
Eshitdik-da! Hamrobekov va Hamdamov "Paxtakor"ga qaytdi
Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" tarkibda yaxshigina kuchayishni amalga oshirdi. Jamoaning sobiq o'yinchilari Odil Hamrobekov hamda Dostonbek Hamdamov "sherlar" safiga qaytishdi. "Championat.asia" sayti manbalarining xabar berishicha, ularning har ikkisi "Paxtakor" bilan 1 yarim yillik shartnomaga imzo chekishgan.
Odil Hamrobekov shu yilning 5 mart sanasida BAAning "SHabab Al Ahli" klubiga o'tgandi. Amirliklar bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan Hamrobekov u erda hamyurtlarimiz Jaloliddin Masharipov va Azizjon G'anievlar bilan birga BAA Liga kubogini qo'lga kiritdi.
Dostonbek Hamdamov esa BAAning "Al Nasr" klubiga o'tdi, u erdan esa amirliklarning boshqa bir jamoasi "Xatta"ga ijaraga berildi va mavsumni "Xatta"da o'tkazdi.
Fikrlar