Eshitdik-da! FIFA "Bunyodkor"ga ilk sankciyani qo'lladi
29 mar 2024 12:20
Yangiliklar
Eshitdik-da! FIFA "Bunyodkor"ga ilk sankciyani qo'lladi
Malumotlarga qaraganda, bu ish yuzasidan "Bunyodkor" pochtasiga xabar kelib tushgan.
FIFA Tartib-intizom qo'mitasining 2024 yil 26 martdagi xatida klubga nisbatan xalqaro darajada yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yilgan. SHuningdek, milliy darajada yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish ham taqiqlangan.
FIFA Tartib-intizom qo'mitasining qaroridagi taqiq klubning asosiy va yoshlar jamoalarini qamrab oladi.
Eslatib o'tamiz, FIFA tartib-intizom qo'mitasi "Bunyodkor" klubi va jamoaning sobiq o'yinchilari Rivaldo hamda Denilson o'rtasida uzoq davom etayotgan moliyaviy tortishuv bo'yicha qaror qabul qilib bo'lgan. Unga ko'ra klub futbolchilarga deyarli 10 mln evro to'lab berishi lozim. Agar "Bunyodkor" majburiyatni bajarmasa, FIFA tomonidan navbatdagi sankciya bu ochkolar olib tashlanishi bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar