So’nggi yangiliklar

20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  20 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

Eshitdik-da: Eron va Saudiya Arabistoni jamoalari o'rtasidagi OCHL o'yinlari Toshkentda o'tishi mumkin Yangiliklar

Eshitdik-da: Eron va Saudiya Arabistoni jamoalari o'rtasidagi OCHL o'yinlari Toshkentda o'tishi mumkin

Eshitishimizga qaraganda, Eron futbol federaciyasi O'FAga Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi OCHL doirasidagi bellashuvlarni Toshkentda o'tkazish bo'yicha murojaat xati yo'llagan.

Bilasiz, bazi siyosiy masalalar tufayli Eron hamda Saudiya Arabistoni jamoalarining o'zaro o'yinlari bir necha yillardan buyon neytral maydonda o'tkazilib kelinmoqda.

SHu sababli, Eron futbol federaciyasi yangi mavsumdagi OCHL doirasidagi Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi o'z klublari nominal mezbon bo'ladigan uchrashuvlarni Toshkentda o'tkazish bo'yicha murojaat qilgan. 

Sababi Eron klublari BAA yoki boshqa arab davlatlarida o'ynashsa saudiyalik ko'plab muxlislar kelishidan va nominal tarzda mehmonga aylanib qolishlaridan cho'chimoqda. SHu bois o'zi uchun eng yaqin va muxlislar borasida neytral bo'lishiga ishonchi komil bo'lgan mamlakat, O'zbekistonni tanlagan.  

O'tgan yili ham Eron FF bu borada O'FAga yuzlangan, ammo ularni murojaati rad etilgandi. Bu gal O'FA Eronning murojaatiga qanday javob berishi hozircha nomalum.

Agarda O'FA Eron futbol federaciyasining mazkur murojaatini qabul qiladigan bo'lsa, unda Eron klublari OCHL doirasida Saudiya Arabistoni jamoalarini qabul qiladigan bazi bahslar Toshkent yoki Olmaliq shahridagi stadionlarda o'tkazilishi mumkin.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика