Eshitdik-da! Eldor SHomurodov ertaga "Jenoa" bilan shartnoma tuzadi
30 sen 2020 18:25
Yangiliklar
Eshitdik-da! Eldor SHomurodov ertaga "Jenoa" bilan shartnoma tuzadi
O'zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, SHomurodov ertaga, 1 oktyabr kuni Italiyaga uchib boradi va "Jenoa" bilan shartnoma imzolaydi.
Oldinroq "Jenoa" o'zbekistonlik futbolchi uchun 7,5 million evro to'lashi va SHomurodovning o'zi yiliga 600-700 ming evro maosh olishi haqida xabarlar chiqqan edi.
Eslatib o'tamiz, SHomurodov 2017 yilning yozidan beri "Rostov" sharafini himoya qiladi. Eldor Rossiya klubida umumiy barcha musobaqalarda 91ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 12ta assist qayd etdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar