Eshitdik-da! “Dinamo”ning badal to'lovidan haliyam qarzi bor ekan
06 avg 2014 13:42
Yangiliklar

Eshitdik-da! “Dinamo”ning badal to'lovidan haliyam qarzi bor ekan
Davralar oralig'ida oliy liganing deyarli barcha klublari selekciya bo'yicha ish olib borishdi.
Klublarga kimdir keldi, kimdir ketdi. Ammo Samarqandning “Dinamo” futbol klubi keng miqyosda transfer ishlarini amalga oshirmadi. Jamoani faqat Alisher Samatov tark etdi xolos.
Bosh murabbiy Kamo Gazarov yangi futbolchilarni jalb etmoqchiydi, xususan Ildar Magdeevning yana “Dinamo”ga qaytishi kutilgandi, biroq PFL ruxsat bermagani uchun klub yangi o'yinchilarni taklif eta olmabdi. Bunga sabab deb klubning hamon PFL hisob-raqamiga badal to'lovini oxirigacha o'tkazib bermaganida deb eshitdik. Eslatib o'tamiz, bu yilgi badal puli miqdori 90 million so'mni tashkil etgan.

Fikrlar