Eshitdik-da! Babayan qaytmoqdami?!
30 okt 2024 12:22
Yangiliklar
O'zbek klublari allaqachon yangi mavsum uchun taraddud ko'rishni boshlab yuborishgan.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, "Navbahor" klubi sobiq ustozi Samvel Babayan yana futbolga qaytmoqda. Bizga malum bo'lishicha, Babayan yangi mavsumdan Toshkentning "Lokomotiv" klubida ish boshlaydi. Lekin, hozircha u bosh murabbiy bo'ladimi yoki boshqa lavozimni egallaydimi bunisi nomalum.
Eslatib o'tamiz, Samvel Babayanning oxirgi ish joyi Namanganning "Navbahor" klubi bo'lgan. Samvel Babayan "Navbahor"da 2022 yil boshidan 2024 yil iyul oyiga qadar faoliyat olib bordi. Bu davr ichida Babayan 89 ta o'yinda ishlab 50 ta g'alaba, 23 ta durang va 16 ta mag'lubiyat qayd etdi.
"Navbahor" bilan O'zbekiston kubogi finaliga qadar etib bordi va klubni Osiyo chempionlar ligasida 1/8 finalga olib chiqdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar