So’nggi yangiliklar

09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  0 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  3 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  3 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  10 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  18 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  10 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  243 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  10 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  4 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  14

Eshitdik-da!: Andijon klubi futbolchilar oldida katta qarzdor va jamoaga jiddiy sankciyalar qo'llanishi mumkin Yangiliklar

Eshitdik-da!: Andijon klubi futbolchilar oldida katta qarzdor va jamoaga jiddiy sankciyalar qo'llanishi mumkin

Teglar :  Andijon
Andijon jamoasining ko'plab mahalliy futbolchilari saytimizga klub oylik maoshlar va mukofot pullarini to'lamayotgani haqida xabar berishdi.

Futbolchilarga ko'ra, klub o'z majburiyatlarini bajarmayapti va jamoa nafaqat oylik maoshlarni to'lashni kechiktirmoqda, balki mukofot pullari va xattoki kundalik mashg'ulotlar kuni paytida taomnomalarda ham muammolar paydo bo'lgan. Hozirga qadar «Andijon» klubi faqatgina «Olimpik» bilan o'yinda qo'lga kiritilgan g'alaba uchun mukoqot pullarini olgan. Malumotlarga qaraganda, futbolchilar klub qarorgohida istiqomat qilayotgan payti o'z hisoblaridan taomlar buyurtma berib kun o'tkazishmoqda.

«Andijon» muxlislarining telegramdagi kanali esa bir necha kundan buyon aynan mazkur qarzdorlik, jamoada moliyaviy inqiroz yuzaga kelgani va xattoki jamoa kubok doirasidagi «Navbahor»ga qarshi bahsga Namanganga borish uchun ham pul topishda muammolarga kelayotgani haqida malumotlar tarqalgan.

Agarda tez orada «Andijon» futbol klubi futbolchilar oldidagi shartnoma majburiyatini bajarmasa, unda mahalliy futbolchilar bu borada tegishli joylarga arz qilishmoqchi. Legionerlar esa qoidaga ko'ra 2 oylik maoshni olmagan taqdirda FIFAga yozib, klubning shartnoma shartlaridagi barcha majburiyatlarini amalga oshirib, jamoadan ketib qolish huquqiga ega. «Andijon»ga esa bu qimmatga tushishi va jamoaga «Neftchi» va «Navbahor»da bo'lgani kabi transfer taqiqi qo'yilishi mumkin.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика