So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. Аморим Лиccабонда Гвардиоланинг таъзирини берди, "Ливерпуль" "Байер"га имконият қолдирмади  57 03:00ЕЧЛ. "Реал" бу сафар ўз уйида "Милан"га ютқазди  125 01:39"Пахтакор" устунликка эга бўлган, аммо якунда "Ал Райян" ғалаба қозонган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 01:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Ғарбий минтақада 4-турдан кейинги ҳолат  0 01:00Элит ОЧЛ. "Ал Насср" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади. Роналдудан гол  24 00:55Аргентина термасининг ЖЧ-2026 саралаш ўйинлари учун қайдномасини эълон қилинди  6 00:35Элит ОЧЛ. Назаровнинг хатоси "Пахтакор"га қимматга тушди  4 00:25АПЛ грандлари "Барселона"нинг 21 ёшли иқтидорига қизиқиб қолишди  14 23:56Юнус Али: "Пахтакор" биринчи бўлимнинг ўзидаёқ интригани йўқ қилиши мумкин эди, аммо..."  6 23:12Камолиддин Тожиев: "Ҳаводан узатилган тўп дарвозамизга кириб кетди. Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  29 22:18Суперлига. "Навбаҳор" – "Пахтакор" ва 24-турнинг бошқа учрашувларида қайси ҳакамлар ишлаши аниқ  9 21:50"Қизилқум" ўйинчисига қизил карточка кўрсатилиши керак эди" – Суперлига 23-туридаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси эълон қилинди  2 21:15Расман: Крестинин бошчилигидаги "Локомотив" мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  5 20:57ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" узоқ масофадан ўтказиб юборилган гол туфайли ўз майдонида "Ал Райян"га ютқазди  206 20:32Расман: "Бухоро" Суперлига йўлланмасини нақд қилди!  16

Ertaknamo musobaqa - Finalga 1 soniya qolganida to'xtatilgan fantastik va jozibador "Ayaks" Yangiliklar

Ertaknamo musobaqa - Finalga 1 soniya qolganida to'xtatilgan fantastik va jozibador "Ayaks"

Angliya jamoalari Evropa CHempionlar ligasini joriy mavsum Evropa Premer ligasiga aylantirib yuborishdi.

Evropa CHempionlar Ligasi doimo o'zining takrorlanmas va go'zallikka boy o'yinlari tufayli muxlislarni hayajonda ushlab turadigan musobaqa sanalgan.

Jahon chempionatidan keyingi o'rinda turuvchi mazkur futbol musobaqasining auditoriyasi nihoyatda keng. Har yili o'tkazilsada doim qandaydir futbol mo'jizalarini taqdim etuvchi mazkur turnirni yoqtirmaydigan yoki ko'rmaydigan futbol ishqibozi yo'q.


Joriy mavsum ECHL yarim finaliga qadar musobaqada ketma-ket 3 yildan buyon g'olib chiqqan rekordchi "Real", yozgi transfer bozorida eng katta xaridni amalga oshiradigan PSJ, pul ishlatish va tarkib jihatdan eng qudratli jamoalardan biri bo'lgan "Siti", Germaniya gegemoni "Bavariya" yoki Italiyada tengsiz bo'lgan va ECHL qirolini jamoaga olib kelgan "Yuventus" kabi katta jamoalar turnirni tark etishdi. Yarim finalga statusi katta jamoalardan "Barselona" chiqqan bo'lsa, undan keyingi vazndagi jamoa sifatida "Liverpul" bu bekatgacha keldi.

Yarim finaldagi vazni og'ir jamoalar sanalgan "Barselona" va "Liverpul" o'zaro to'qnashdi. Ko'pchilik uchun kutilmaganda yarim final ostonasigacha kelgan "Ayaks" va "Tottenxem" esa o'zaro final chiptasi uchun kurashdi. Barcha "Yuventus" - "Siti" qarama-qarshiligini kutgan, ammo yakunda ertaknamo juftlik xosil bo'lgan mazkur bahsda kecha Evropa CHempionlar ligasi uchun joriy mavsum ananaga aylangan yana bir mujizakor "kambek" amalga oshirildi. "Liverpul" - "Barselona" ishtirokidagi dastlab katalonlarning katta ustunligini taminlagan o'yin, keyin esa Klopp jamoasining "Enfild"dagi ertaknamo o'yini sovub ulgurmasidanoq Amsterdamdagi arenada yuz bergan fantastik "kambek".

Klopp jamoasining ertaknamo "kambeki"ga Pochettino kechagi bellashuvning ikkinchi bo'limida o'ziga xos javob yo'lladi. Bu javob ECHLning joriy mavsumining ertaknamo deya nomlangan jamoasi "Ayaks"ning go'zal o'yini va uchrashuvdagi ustunligini yo'qqa chiqarish bilan birgalikda final uchun ajoyib afishaga aylandi.


Yarim finalning dastlabki o'yinlaridan so'ng Messining naqadar o'zga sayyoradan kelgan futbolchi ekanligiyu, uning jarima zarbasini takrorini qayta-qayta ko'rganimiz, "Ayaks"ning esa "Tottenxem" darvozasiga urgan goli kombinaciyasi naqadar go'zal ijro etilganiyu, Ten Xaag jamoasining Londonda ko'rsatgan sovuqqon o'yinidan zavqlangandik. 

Yarim finalning javob uchrashuvlari esa birinchi bahsdagi scenariylarni butkul yo'qqa chiqardi. "Liverpul" ijrosidagi quvnoq, tajovuzkor va mo'jizakor o'yin, Alissonning qahramonligi, van Deykning o'yinni nazorat qilishi, Veynaldumning o'yinga qo'shilishi va 3 daqiqa ichida katta farqni yo'qqa chiqarishi, Origining Salax yoki Firminoni yo'qligini umuman sezdirmagani, Arnoldning burchak zarbasini takrorlanmas darajada amalga oshirgani va "Barsa"ni butkul nokdaun qildi.


Amsterdamdagi o'yinda birgina gol "Tottenxem"ga nafaqat o'yindagi hisobni tenglashtirish, balki mehmonda urilgan gol evaziga bu borada ham ustunlikni o'z tomoniga og'dirib olish imkoniyatini berardi. Lekin "Ayaks"ning birinchi bo'limdagi ishonchli va samarador o'yinidan keyin, ko'pchilik mazkur to'qnashuvda endi "kambek" ruy bermasligiga ishonchi ortdi. Birinchi bo'limdan keyin "Ayaks" o'yinda 2:0 hisobida dadil ustunlikni o'rnatgan, ikki o'yin natijasiga ko'ra esa tafovut 3:0 edi.


Lekin kutilmaganda Mauricio Pochettino ikkinchi taymda butkul boshqa jamoani maydonga tushirdi. Ha, "Tottenxem" kiyinish xonasidan shu darajada quvvatlanib chiqdiki, qandaydir 3-4 daqiqa ichida Mouraning ikkita gol urishi o'yindagi muvozanatni tikladi. Qarama-qarshilikdagi farqni tiklash uchun esa "Tottenxem"ni birgina gol ajratib turdi. Bu gol esa hakam tomonidan uchrashuvga qo'shib berilgan 5-daqiqaning oxirgi soniyasida kiritildi. Katta sahnaga yana Lukas Moura chiqdi.

Tanaffusda Pochettino jamoani qanday ruhlantirdi, nima ko'rsatma berdi yoki Mouraga nimalar dedi, bu bizga qorong'u. Lekin Lukas Moura va jamoaning taktik o'yinini o'zgartirib yuborgan zaxira almashtirilishi Fernando Lorente mazkur "kambek"ning asosiy poydevoriga aylandi. SHundan so'ng jamoaning o'yini butkul o'zgarib, hisobda 3ta to'p farqida orqada qolayotgan "Tottenxem"dan asar ham qolmadi. Futbolga jozibadorlik bergan "Ayaks" esa juda alam tarzda musobaqani tark etdi. Yana o'z uyi Amsterdamda. Ochig'i, o'tkazib yuborilgan ikkinchi va uchinchi golning kiritilishi ham juda alamli bo'ldi.


Ayniqsa o'yinni fantastik o'tkazgan va bir necha marotaba super seyvlarni amalga oshirgan Onana, himoya qurg'onida ajoyib o'ynagan yosh De Ligt, umuman butun jamoa va ayniqsa jamoa ustozi butun musobaqa davomida amalga oshirgan ishlari Pochettinoning ikkinchi bo'limda qo'llagan taktik uslubi qurboniga aylandi.

"Ayaks" uchun alamliki, birinchi o'yindagi g'alaba, ikkinchi uchrashuvning dastlabki bo'limida ustunlik va javob bellashuvida ham o'z qo'lida bo'lgan yutuq 45 daqiqa ichida, aynan hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqaning so'nggi soniyasida o'tkazib yuborilgan gol. Finalga 1 soniya qolganida to'xtatilgan fantastik va jozibador "Ayaks".


Ha, gollandlar futbolda azaldan omadsiz sanalishgan. Terma jamoa miqiyosida ham, individual futbolchilar tarafdan ham, klublar borasida ham. Bu narsa kecha "Ayaks"ni ham chetlab o'tmadi.

"Tottenxem" esa ketma-ket ikkinchi bosqich yakunida fantastik scenariy qahramoniga aylanmoqda. Avval "Siti", kecha "Ayaks" dramatik bellashuv yakunida mag'lub bo'lmoqda. "Tottenxem" esa oxirgi soniyalarda o'zini g'olib sifatida his etmoqda. Muhimi shu.

Avvaliga Sterlingning so'nggi soniyalarda urgan goli VAR samarasi o'laroq bekor qilindi, kecha so'nggi soniyada "Tottenxem" oltin golini urdi.

Qizig'i, har ikkala qarama-qarshilikning yakuniy natijasi durang bo'ldi, ammo safardagi gol qoidasi londonliklarning asosiy "quroliga" aylandi.

Bu ham Pochettinoning qo'llagan uslubi, har holda murabbiy aynan mehmondagi o'yinda uriladigan gollar effektini sezib, shunga yarasha jamoani safarda boshqacha, yani samarador o'ynatmoqda.


Esingizda bo'lsa, 2012 yilgi mavsumda ECHL finaliga Angliyaning "CHelsi" jamoasi va Germaniya bayroqdori "Bavariya" chiqqandi. O'shanda dramatik o'tgan bahsda "lotereya" orqali "CHelsi" g'olibga aylangandi. Kelgusi mavsumda, yani 2013 yili Germaniyaning ikki vakili finalga chiqqan va yakunda o'tgan mavsum finalga xafa bo'lib qolgan "Bavariya" g'olibga aylangandi. SHundan so'ng esa ECHLda ispan jamoalarining erasi boshlandi. ECHL esa La Ligaga aylandi. Oradan 6 yil o'tib esa ilk marotaba finalda ispan jamoasi yo'q. O'tgan yili finalda ispan jamoasiga mag'lub bo'lgan "Liverpul" qatorasiga ikkinchi mavsum finalga chiqdi. Bu safar esa finaldagi raqibi ligadoshi "Tottenxem". Yani Germaniya klasikosidan keyin uzoq vaqt La Ligaga aylangan ECHL endi Evropa Premer ligasiga aylandi.

Qizig'i, o'sha davrada nafaqat ECHLda, balki Evropa ligasida ham ispan jamoalari muvaffaqiyat qozonishdi. Bu yil esa nafaqat ECHL premer liga jamoalarining chempionatiga aylandi, balki Evropa ligasi ham angliyaliklar tomonidan zabt etilmoqda. Har holda yarim finaldagi har ikkala juftlikda APL vakillari bor. Evropada Ispaniya davri tanaffus olib, navbat 10 yillar avval bo'lgani kabi Angliyaga o'tgan ko'rinadi.

O'rtada bir-bir eshik qoqib turuvchi Italiya va Germaniya ham tezroq uyg'onadi, degan umiddamiz.

Garchi joriy mavsum ECHLdan navbati bilan katta jamoalar chiqib ketishganiga qaramay mazkur musobaqadagi barcha o'yinlar qiziqarliligi, tomoshabopligi va kutilmagan natijalari bilan hayron qoldirishdan charchamayapti. Og'ir vazndagi jamoalar ishtirokidagi katta o'yinlar o'rnini istalgan raqibga qarshi fantastik o'ynavoradigan quvnoq jamoalar egallashdi. Natijada ECHLda birinchi o'yindagi natija hech narsani anglatmay qo'ydi. Aksincha, garchi mubolag'a bo'lsada joriy mavsum ECHLda birinchi o'yindagi g'alaba mag'lubiyatga qo'yilgan dastlabki qadamga aylandi qoldi.


Fakt: ECHL yarim finallari tarixida ilk o'yinda mag'lubiyatga uchrab, javob bellashuvida "kambek" qilgan jamoalar soni shu paytga qadar to'rtta bo'lgan: "Ayaks" (1996), "Yuventus" (2003), "Milan" (2007), "Liverpul" (2007).

Qizig'i, ular ichida joriy mavsum bu ishni fantastik tarzda uddalagan "Liverpul" ham bor. Yana qiziq tarafi, aynan 2007 yilgi yarim finallarda finalga qadar chiqqan "Milan" va "Liverpul" yarim finalning dastlabki o'yinlarida yutqazishgan va keyinchalik javob bellashuvida vaziyatni o'z tomonlariga og'dirishgan. Bu yili esa ECHL yarim finallarining ilk bahsida yutqazib yakunda finalga chiqqan jamoalar soni 5taga etdi. "Liverpul" buni takrorlagan bo'lsa, "Tottenxem" ham kam sonli jamoalar amalga oshirgan ishni amalga oshirdi.


"Barselona", "Real", "Bavariya" yoki "Yuventus" ishtirokidagi yarim final yoki finallarda ichki intriga yuqori edi. Bosim juda katta bo'lardi. Birgina xato hal qiluvchi ahamiyatga kasb etardi. Lekin mazkur o'rta vazndagi jamoalar bellashuvlarida yuqori bosim yo'qligi sababli tomoshaboplik ortdi. Istalgan payt yoki daqiqa o'yin tizgini, ustunlik u jamoadan bu jamoaga o'tishi normal holatga aylandi. Bu esa neytral muxlislar orzu qiladigan tomoshabop futbolni bizga taqdim etmoqda. Ayni paytda esa katta jamoalar musobaqadan chiqib ketganini inobatga olsak, ECHLda odatdagidan ko'ra neytarl muxlislar ko'paygan. Ishqibozlar esa musobaqadan kutgan drayv, shiddat va zavqni maksimal olishmoqda. Bundan ortig'i bo'lmasa kerak. Haqiqiy ertaknamo o'tayotgan Evropa premer ligasi.

Yaxshiyamki final bir o'yindan iborat.

Maqolani kecha ijtimoiy tarmoq, yani "Twitter"da ko'zim tushgan haqiqat bilan tugatmoqchiman: Evropa CHempionlar ligasi, rahmat senga futbol uchun. Futbol, rahmat senga Evropa CHempionlar ligasi uchun.


SHahboz Beg'amov 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика