Ertaknamo hikoya
04 iyu 2015 21:00
Yangiliklar
Cunami
Birinchi to'lqin urilganda, artunis onasi va ikki singlisi bilan mashinada ketishayotgan edi.
Avtomobil tezda ag'darildi va bir necha soniyadan so'ng yangi kuchli to'lqin mashinaga urildi. To'lqin 7 yoshli boladan tashqari, qolgan oila azolarini turli tomonlarga otib yubordi va uchib ketganlar o'sha joyda jon berishdi. Martunis mo'jiza tufayli tirik qoldi. To'lqin esa Banda-Achex (Sumatra, Indoneziya) shahrining qirg'oqlariga kuchli zarba berishda davom etardi. Bu fojea 2004 yil 26 dekabrda, Hind okeanidagi 9,3 balli zil-ziladan so'ng sodir bo'ldi. O'shanda 230 ming kishi vafot etgan.
To'lqinlar Martunisni butun shahar bo'ylab olib yurdi va ochiq dengizga qo'yib yubordi. U qo'liga ilingan barcha narsaga ilinib olishga harakat qilardi: stullar, matraslar, to'sinlar, divanlar qoldiqlari. Uning atrofida tir jon yo'q edi - bolakay 3 hafta davomida quruq lag'mon tanovul qilib yashadi. Bazida toza shisha idishlarda toza mineral uchrab turar edi.
Uch hafta ichida Martunis o'nlab jasadlarga duch keldi va u sayyorda bir o'zi qolgandek tasavvur uyg'ondi. 19 kuni okean quti va shisha idishlarni turli tarafga sochishdan to'xtaganda, oziq ovqat tugaganda juda og'ir bo'ldi. Uning kuchi juda kam edi va bir sutkadan so'ng to'lqinlar uni qirg'oqqa olib chiqadi. U yo'nalishini yo'qotgan, suvsiragan, hashorotlar tomonidan chaqib tashlangan edi. Uning atrofida yana hech kim yo'q.
Mo'jiza
Ammo Martunisning omadi keldi: 21 kuni uning yonida "Sky News" kanalining jurnalistlari paydo bo'ldi. Ular cunami oqibatlari va Achexadagi yakson etilgan uylar haqida reportaj tayyorlayotib bolakayga ko'zlari tushib qoladi. Ular tezlik bilan bolaga suv va ovqat berib, uni kasalxonaga olib borishadi.
U erda bolakayni umidsiz ota topib oladi.
Tas-ix emas
Bu kadrlar kadrlar dunyoning deyarli barcha telekanallarida efirga uzatildi, ammo Portugaliya bundan ko'proq shokka tushdi. Gap shundaki, bolakay azobdagi uch haftani Ruy Koshta ismi yozilgan Portugaliya terma jamoasi futbolkasida o'tkazgan edi.
"Bu vaqt davomida hech narsadan qo'rqmadim, chunki tirik qolib, oilamni ko'rmoqchi va futbolchi bo'lishni niyat qilgan edim" - deydi o'shanda Martunis.
Portugaliya futbol federaciyasi bolakayning irodasiga tan beradi va tez orada uning otasi hisobiga uyini tiklash uchun 40 ming evro o'tkazib beradi. Krishtianu Ronaldu esa shaxsan uni terma jamoa o'yiniga chaqiradi.
Krishtianu Ronaldu
2005 yilda Ronalduning o'zi Banda-Achexga keladi. U Martunis bilan video o'yinlar o'ynab, unga o'z raqami yozilgan telefon sovg'a qiladi (keyinroq telefonni o'g'irlab ketishadi). Krishtianu bolakayni "Sporting" bazasiga taklif qilib, uning keyingi o'qishini to'lashga vada beradi.
Krishtianu Ronaldu: "Noutbukni ochganimda Martunisning ko'zlari chaqnab ketdi, u birinchi marta kompyuterni ko'rgan edi".
Bu hech qanday piar-akciya bo'lmagan. Ronaldu yana bir necha marotaba Martunis bilan uchrashib, unga o'zining imzosi tushirilgan futbolkalarini sovg'a qilgan. Krishtianuning maslahati bilan bolakay haftada uch marotaba ingliz tiliga qatnasha boshladi, "Real" homiylik qiladigan futbol maktabiga yozildi.
"Menga boshqa sport turlaridan ko'ra futbol ko'proq yoqadi. Buvam futbolchi bo'lgan, katta bo'lsam men ham futbolchi bo'laman" - deydi Martinus 2008 yilda.
Bolakayning otasi Sarbini baliq sotish bilan shug'ullanadi. U uzoq vaqt o'g'liga kechasi futbol o'ynashni, kunduzi esa o'qishni uqtirib kelar edi. "Men doimo undan maktabga borishni, Quron o'qishni, ingliz tilini o'rganishni so'rar edim. U ham menga o'xshashini istamayman" - deydi Sarbini.
2014 yilning oktyabrida Martinus Indoneziya o'smirlar terma jamoasining yig'inida ishtirok etadi, ammo faqat birinchisini uddalaydi. Ikkinchi yig'inda u tez charchab qolayotganini va etarli darajada kuchli emasligini aytadi.
"Krishtianu menga ko'p mashg'ulot qilish kerakligini aytgan. Uning aytishicha, agar ko'p mehnat qilsang iloji yo'q narsaning o'zi yo'q ekan" - deydi Martunis.
Bu haftada Martunis kutilmaganda "Sporting" bilan shartnoma imzoladi. Gap asosiy tarkib haqida emas - u akademiyada shug'ullanib, o'zsmirlar jamoasida o'ynaydi.
Agar Martinusda nimadur o'xshasa, bu dunyo tarixidagi eng ertaknamo hikoyalardan biri bo'ladi.

Fikrlar