Ertaga U-19 Osiyo chempionati start oladi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2016, 14:30
13 oktyabr kuni Bahrayn mamlakatida 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirokida Osiyo chempionati bahslari start oladi.

Qitaning eng kuchli 16 jamoasi orasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham bor. Jasur Abduraimov boshchiligidagi yoshlarimiz guruh bosqichida Xitoy, Avstraliya va Tojikistonga qarshi o'ynashadi.

Ushbu musobaqada yarim finalga chiqqan to'rt jamoa keyingi yil Janubiy Koreyada o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Agar Janubiy Koreya yarim finalga chiqsa chorak finalda yutqazgan 4 jamoada ham mundial yo'llanmasi uchun kurash imkoniyati paydo bo'ladi.

Ertaga "A" guruhi jamoalari birinchi kungi bahslarni o'tkazishadi. 14 oktyabr kuni "B" va "C" kvartetlarda 1-tur bo'lib o'tadi. Nihoyat O'zbekiston yoshlari o'rin olgan "D" guruhi kurashni boshlaydi.

Quyida dastlabki tur o'yinlari bilan tanishing:

"A" guruhi
1-tur
13 oktyabr

18:30 - Tailand - Janubiy Koreya
21:30 - Bahrayn - Saudiya Arabistoni

14 oktyabr
18:30 - KXDR  - Vetnam
21:30 - BAA - Iroq

14 oktyabr
18:30 - Yaponiya - Yaman
21:30 - Qatar - Eron

15 oktyabr
18:30 - O'zbekiston - Tojikiston
21:30 - Xitoy - Avstraliya

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia