So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  122 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Ertaga Qatar bilan o'ynaymiz, raqib haqida malumotlar Yangiliklar

Ertaga Qatar bilan o'ynaymiz, raqib haqida malumotlar

Yaqinlashib kelayotgan kunlar milliy terma jamoamiz uchun o'rtoqlik uchrashuvlari haftasiga aylanadi.
Qatar bilan Doxada, Bahrayn va BAA bilan amirliklar yurtida kuch sinashadigan jamoamiz Osiyo Kubogiga tayyorgarlik bosqichiga jiddiy kirishadi. Mazkur uch bahs bizning nimalarga ko'proq etibor berishimiz lozimligini ko'rsatib beradi. Xato va kamchiliklarni bilib olishda navbatdagi uch o'yin bizga juda asqotadi.

Ilk bahs 6 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Ushbu raqib bilan ko'p marta maydonga tushganmiz. Hozirgacha O'zbekiston va Qatar terma jamoalari 10 marta bahs olib borishgan. Ularning 6tasida zafar quchgan jamoamiz 2 durang va 2 mag'lubiyatni qayd etgan. To'plar nisbati 20:10, bizning foydamizga. Oxirgi marta o'tgan yilning iyun oyida jahon chempionati saralash bahsida Qatar 5:1 hisobida taslim etilgandi.

QATAR FUTBOL ASSOCIACIYASI
Prezidenti:
SHayx Hamad Bin Xalifa Al-Tani
Rasmiy sayti: www.qfa.com.qa
Tashkil topgan yili: 1960
FIFA azosi: 1972 yildan
Libosi: oq-oq-oq va oq-qizil-qizil
Futbolchilar soni: 18 156
Ro'yxatga olingan futbolchilar: 6 556
Klublari: 16
Futbol rasmiylari soni: 530

Qatar Futbol Associaciyasi 1960 yilga kelib tashkil etilgan. Bu paytga kelib, bir necha kompaniyalar sovrini uchun o'nga yaqin turnir o'tkazilib bo'lingandi. Natijada faqatgina futbol ishlari bilan mashg'ul bo'ladigan tashkilot tuzishga talab tug'ildi va 1960 yil u rasman o'z ishini boshladi. Oradan o'n ikki yil o'tgach, QFA FIFA va OFKga azo bo'ldi. SHu tariqa terma jamoa va klublar xalqaro musobaqalardagi ishtirokini boshlab yubordi. 1976 yildan terma jamoa Osiyo, 1978 yildan boshlab esa jahon chempionatida ishtirok etish uchun kurashga qo'shilgan. Aytish mumkinki, hozirgacha Qatar termasiga omad kulib boqmayapti. Osiyo chempionatida ikki martagina guruhdan muvaffaqiyatli o'tilgan va chorak finalga yo'l olingan. Qolgan urinishlar omadsiz yakun topgan. Jahon chempionati final bosqichida ishtirok etish bu mamlakat vakillariga nasib etmayapti.



QATAR MILLIY TERMA JAMOASI
Laqabi
: Annabi (Marun)
Bosh murabbiyi: Jamol Belmadi (Jazoir)
Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchisi: Odil Xamis (110)
To'purari: Mansur Mufta (53)
FIFA reytingidagi o'rni: 96
FIFA reytingidagi eng yuqori o'rni: 51 (1993 yil, avgust)
FIFA reytingidagi eng quyi o'rni: 114 (2010 yil, dekabr)
Birinchi uchrashuvi: Bahrayn - 1:2 (1970 yil 27 mart, Bahrayn)
Eng yirik g'alabasi: Afg'oniston - 8:0 (1984 yil 13 sentyabr, Xitoy), Livan - 8:0 (1985 yil 27 mart, Qatar)
Eng yirik mag'lubiyati: Quvayt - 0:9 (1973 yil, Quvayt)

Qatar Yulduzlar ligasining qitamizdagi nufuzi oxirgi paytlarda ortib bormoqda. Klublar safida saviyali legionerlar to'p tepishayotgani ligaga bo'lgan qiziqishni oshiryapti. Asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, klublar saviyasi o'sayotgani sezilib turibdi. Tashkilotchilikni alo darajaga olib chiqqan mamlakat 2022 yilgi jahon chempionatini qabul qilish uchun tayyorlanmoqda. Qatar infratuzilma bo'yicha Osiyodagi eng yaxshi mamlakatlardan biri hisoblanadi.

QATAR MAMLAKATI
To'liq nomi
: Qatar Davlati
Poytaxti: Doxa
Katta shaharlari: Madinat ash SHamal, Al Xor, Umm Salal, Al Daaen, Al Rayyan, Doxa, Al Vaqra
Pul birligi: riyal
Rasmiy tili: arab
Hududi: 11 571 km. kv.
Aholisi: 2 mln 155 ming (280 ming mahalliy aholi)
Internetdagi domeni: .qa



Qatar 2006 yil Doxada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida g'alaba qozonishni uddaladi. O'sha muvaffaqiyat terma jamoa qo'lga kiritgan uchinchi xalqaro kubok bo'ldi. Bungacha 1992 va 2004 yillarda Doxada bo'lib o'tgan Arab Ko'rfazi Kubogi musobaqalari qatarliklarning zafari bilan nihoyasiga etgandi.

Ayni paytda mamlakatda futbolga bo'lgan qiziqish ortib boryapti. Osiyo va jahon chempionatlarining o'tkazilishi ommaviylikning ortishiga xizmat qiladi. Futbol bilan doimiy ravishda shug'ullanuvchilar soni 18 156 tani tashkil etadi. Professional maqomiga ega va rasmiy ro'yxatdan o'tganlarning soni esa 6 556 taga etgan.

Hozirda Espayr futbol akademiyasida dunyoning turli mamlakatlaridan taklif etilgan yosh istedodlar tahsil olishmoqda. Ularni tarbiyalab, keyinchalik Qatar milliy terma jamoasiga taklif etish mutaxassislar rejasidan o'rin olgan. SHu yo'l bilan ular terma jamoani kuchaytirishmoqchi. Mahalliy aholi sonining kamligi etuk futbolchilar etishib chiqishiga to'sqinlk qilishi mumkin. SHu sababli endilikda shu erning o'zida o'sib, mahalliy sharoitlarda tarbiya ko'rgan futbolchilarga Qatar fuqaroligini berib, klublar hamda terma jamoalarga ularni jalb qilish dasturi ishlamoqda. 2022 yilgi mundialga o'ta kuchli terma jamoa tuzish qatarliklarning bosh maqsadi sanaladi. CHunki uyda bo'lib o'tadigan musobaqada ular o'zlarining kuchlarini butun jahonga ko'z-ko'z qilish istagida yonishmoqda. Espayrga bir yilda juda katta miqdordagi summa sarflanadi. U erda tabiiy va suniy futbol maydonlari, yopiq zallar va futbolchining o'sishi uchun zarur bo'ladigan barcha sport anjomlar, zallar barpo etilgan. Afrika va Osiyoning turli davlatlaridan kelgan yoshlar har xil guruhlarda tahsil olib, kuchli raqiblarga qarshi uchrashuvlarda mahoratlarini oshirib borishyapti. U erda kuchli terma jamoalar va klublar o'z yig'inlarini o'tkazayotgani sharoitlarning mukammal ekanini isbotlaydi.

Terma jamoani shu yildan jazoirlik Jamol Belmadi boshqarib kelmoqda. Futbolchilik paytida Franciya, Ispaniya va Angliya yuqori ligalarida o'ynagan Belmadi murabbiylik faoliyatini Qatarda o'tkazib kelyapti. U “Lahviya”ni 2 marta chempionga aylantirdi. Keyin ikkinchi terma jamoa bilan G'arbiy Osiyo FF Kubogida zafar quchdi. SHu sababli unga milliy terma jamoa ishonib topshirildi.



Jamol BELMADI
Tug'ilgan sanasi: 27.03.1976
Tug'ilgan joyi: SHampin Marn, Franciya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1995–1996 PSJ 1 (0), 1996–1997 “Martiges” 31 (8), 1997–1998 “Marsel”, 1998–1999 “Kann” 26 (6), 1999–2000 “Selta” 10   (0), 2000–2003   “Marsel” 48 (9), 2003 “Manchester Siti” 8   (0), 2003–2004   “Al Ittihod”, 2004–2005 “Al Xaritiyat”, 2005–2007 “Sautgempton” 36 (3), 2007–2009 “Valensenn” 37 (2).

Jazoir terma jamoasida 2000–2004 yillarda 20 o'yinda 5 to'p kiritgan.

Boshqargan jamoalari: 2010–2012 “Lahviya”, 2013–2014 Qatar olimpiya termasi, 2014 yildan Qatar milliy terma jamoasida.

Sovrinlari: Qatar chempioni 2010–11, 2011–12, G'arbiy Osiyo FF chempioni 2014.

4 yanvar   Qatar – Quvayt – 3:0 (Huhi 2, Ali Assadalla)
7 yanvar   Qatar – Iordaniya – 2:0 (Huhi 52, 81)
5 mart     Qatar – Bahrayn – 0:0
30 may     Qatar – Makedoniya – 0:0
14 iyul   Qatar – Indoneziya – 2:2 (Mufta 40, Ilyos 54)
3 sentyabr   Marokash – Qatar – 0:0
9 sentyabr   Qatar – Peru – 0:2


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика