So’nggi yangiliklar

13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  0 12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  1 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  2 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  10 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  1 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  17 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  3 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2

Ertaga O'zbekiston – Yaman o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi Yangiliklar

Ertaga O'zbekiston – Yaman o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqich 3-turi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi.

Ertaga, 9 oktyabr kuni mazkur o'yin oldidan matbuot anjumani hamda rasmiy mashg'ulotlar bo'lib o'tadi. Dastavval, soat 16:30da Yaman terma jamoasi ustozi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 17:00da esa Yaman terma jamoasi “Paxtakor” stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.

So'ngra soat 17:30da “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Vadim Abramov jurnalistlarning o'yin oldi savollariga javob qaytaradi. Milliy jamoamizning rasmiy mashg'uloti esa soat 18:00da bo'lib o'tadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.

Barcha turdagi OAV vakillarini mazkur uchrashuv va uning o'yinoldi tadbirlarini yoritishga taklif etamiz.

Takidlash joiz, o'yin oldi matbuot anjumanidan so'ng milliy terma jamoamizning JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinlarini bevosita stadiondan yoritish maqsadida akkreditaciya uchun hujjat topshirgan OAV vakillariga maxsus akkreditaciya kartochkalari tarqatiladi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика