So’nggi yangiliklar

22:59Фарҳод Нишонов: “Бизда кичик Қуттибоев бор”  0 22:44Неъматилло Қуттибоев: “Йўқотишлар панд беряпти”  2 22:35Анчелотти Мбаппенинг Ла Лигадаги омадсиз старти ҳақида гапирди  4 22:14Жейдон Санчонинг янги клуби маълум, у Европанинг гранд клубига ўтмоқда  4 21:50Про лига. "Арал" "Олимпик Mobi-Uz" билан дуранг ўйнади, марказий ўйинда эса "Машъал" "Шўртан"дан устун келди  2 21:21Максим Шацких ва бошқалар — Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари  2 21:10Авазбек Ўлмасалиев: "Натижани қишда сарҳисоб қиламиз. Бор эътиборимиз мақсадимизга қаратилган"  2 20:29"Жаҳон чемпиони дарвозасига урган голимни ҳеч қачон унутмайман" — бутсаларини "Нефтчи"да михга илган Шерзод Каримов бугун нима билан банд?  9 20:19Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон баҳси ўтказиладиган стадионда реконструкция ишлари давом этмоқда  5 19:37"Ливерпул"дан навбатдаги юриш, янги вингер Англияга учмоқда  7 19:02БАА Ўзбекистонга қарши ўйингача тўрт нафар бразилиялик ва икки африкалик футболчини маҳаллийлаштиради   19 18:39Месут Ўзил масжид тозалашга борди  11 18:05 "Футбол олами". "Насаф" ҳамон пешқадам, "Пахтакор" ва ОКМКда муҳим ғалабалар — Суперлиганинг 17-тури ҳақида барчаси  3 17:51Афсуски, Ўзбекистон футзал МТЖнинг яна бир ўйинчиси Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  4 17:13"Насаф"дан 3, "Пахтакор" ва "Навбаҳор"дан 2тадан ўйинчи. Суперлига 17-тур рамзий терма жамоаси  1

Ertaga O'zbekiston - Tojikiston. Raqib haqida nimalarni bilish kerak? Yangiliklar

Ertaga O'zbekiston - Tojikiston. Raqib haqida nimalarni bilish kerak?

3 sentyabr kuni O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalari Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

Mazkur o'yindan oldin o'quvchilarimizga raqibimiz Tojikiston terma jamoasi haqida malumot berishga qaror qildik.

O'zbekiston bilan bir yilda mustaqillikka erishgan Tojikiston mamlakatining milliy terma jamoasi o'z tarixidagi birinchi o'yinni 1992 yil 17 iyun kuni aynan O'zbekistonga qarshi o'tkazgandi. Bu bahs nafaqat Tojikiston uchun, balki O'zbekiston terma jamoasi uchun ham tarixiy birinchi o'yin bo'lgan. Markaziy Osiyo kubogi doirasida o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan.

Tojikiston terma jamoasi hozirga qadar Jahon chempionati va Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqa olmagan. 2006 yil OFK CHaqiruv kubogini qo'lga kiritgan. 2008 yil ushbu musobaqa vice-chempioni bo'lgan.

Tojikiston terma jamoasinig eng yirik g'alabasi 2000 yil Guam ustidan qo'lga kiritilgan - 16:0. Eng yirik mag'lubiyati esa 2011 yil Yaponiyaga qarshi bahsda qayd etilgan - 0:8.

Tojikiston terma jamoasi FIFA reytingida ayni paytda 121-o'rinda bormoqda. Eng yuqori natijasi 2013 yil qayd etilgan - 106-o'rin. Eng past ko'rsatkich esa 2003 yil kuzatilgan - 180-o'rin.

2018 yil oxirida Tojikiston terma jamoasiga o'zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev bosh murabbiy etib tayinlangan. Ushbu murabbiy qo'l ostida jamoa JCH-2022 saralashi ikkinchi bosqichi doirasida hozirga qadar 5ta o'yinda maydonga tushdi. Qirg'iziston va Mo'g'uliston mag'lub etildi, Yaponiya va Myanmaga imkonyat boy berildi. Qirg'iziston bilan safardagi uchrashuvda durang qayd etildi. Tojikiston 7 ochko bilan guruhda uchinchi o'rinda bormoqda. Yaponiya hisobida 12 ochko, Qirg'izistonda 7 ochko bor va to'plar nisbatiga ko'ra Tojikistondan yuqorida.


Usmon Toshev: "O'zbekiston bilan bahsda chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz"        



Tojikiston terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar:
Fatxullo Fatxulloev - 68ta o'yin
Davronjon Ergashev - 58
Dilshod Vosiev - 50
Ahtam Nazarov - 50
Nuriddin Davronov - 49
Ibrohim Rabimov - 45
Eraj Rajabov - 44
Yusuf Rabiev - 40

Tojikiston terma jamoasi safida eng ko'p gol urgan futbolchilar:
Manuchexr Jalilov - 17ta gol
Yusuf Rabiev - 15
No'monjon Hakimov - 14
Tohir Mo'minov - 10
Ibrohim Rabimov - 9
Fatxullo Fatxulloev - 9
Jomixon Muhiddinov - 8
Nuriddin Davronov - 8
Dilshod Vosiev - 8
Davronjon Ergashev - 7


Usmon Toshev O'zbekiston bilan o'yinga chaqirgan futbolchilar ro'yxatiga qarab, biz uchun bir qancha tanish nomlar borligini ko'rish mumkin. Zoir Jo'raboev va Amirbek Jo'raboev o'z vaqtida o'zbek klublari safida to'p tepishgan. Davronjon Ergashev ayni paytda "Bunyodkor" sharfini himoya qilmoqda. Ehsoni Panchshanbe esa O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yindan so'ng Namanganning "Navbahor" klubi safiga borib qo'shiladi. Yarim himoyachi "lochinlar" bilan 2022 yil oxiriga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.


Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi Alisher Jalilov: "Navbahor" juda yaxshi transferni amalga oshirdi"


Tojikiston terma jamoasining O'zbekiston bilan o'yinga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati: 
Darvozabonlar: Rustam Yatimov («Istiqlol»), SHoxrux Qirg'izboev («Lokomotiv-Pomir»), Qurbonali Boboev («Ko'ktosh»);
Himoyachilar: Axtam Nazarov, Tabrezi Davlatmir, Zoir Jo'raboev, Vaxdat Xanonov (barchasi – «Istiqlol»), Manuchexr Safarov («Lokomotiv-Pomir»), Xurshed Beknazarov, Alisher Barotov (ikkisi – «Xo'jand»), Davronjon Ergashev («Bunyodkor»);
Yarim himoyachilar: Alisher Jalilov, Amirbek Jo'raboev, Ehsoni Panchshanbe, Muhammadjon Rahimov (barchasi – «Istiqlol»), Ilhom Barotov («Istaravshan»), Umarjon SHaripov («Xatlon»), SHarafjon Solexov («Fayzqand»), Komron Tursunov («Moxun Bagan», Hindiston), Xurshed Abdulloev («Dushanbe-83»);
Hujumchilar: Manuchexr Jalilov, SHeriddin Boboev (ikkisi – «Istiqlol»), Jahongir Ergashev, Dilshod Bozorov, Toxir Malodustov (barchasi – «Xudjand»)
Bosh murabbiy – Usmon Toshev.



O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalari hozirga qadar 8 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 4 marta O'zbekiston terma jamoasi g'olib bo'lgan. Tojikiston hisobida faqat bitta g'alaba bor. Yana uchta uchrashuvda durang kuzatilgan. So'nggi bor bu ikki jamoa 2011 yilda to'qnash kelishgandi.

#

O'yin

Natija 

Sana

O'yin maqomi

1

Tojikiston - O'zbekiston 

2:2

17.06.1992

Markaziy Osiyo kubogi

2

O'zbekiston - Tojikiston

1:1

17.04.1994

Mustaqillik kubogi

3

Tojikiston - O'zbekiston

4:0

08.05.1996

OK-1996 saralashi

4

O'zbekiston - Tojikiston

5:0

19.06.1996

OK-1996 saralashi

5

O'zbekiston - Tojikiston

0:0

10.11.2003

OK-2004 saralashi

6

O'zbekiston - Tojikiston

4:1

17.11.2003

OK-2004 saralashi

7

Tojikiston - O'zbekiston

0:1

02.09.2011

JCH-2014 saralashi

8

O'zbekiston - Tojikiston

3:0

15.11.2011

JCH-2014 saralashi



Foto. Tojikiston terma jamoasining Toshkentdagi mashg'ulotidan GALEREYA        


Uzbekistan

Shakhzod Ubaydullaev - 33', Murod Khalmukhamedov - 67'

Friendlies . 1-tur

03/09/2020, 19:00

1
:
2
Tugadi

Tajikistan

Zoir Dzhuraboev - 48'

Stadion: 0 tomoshabin

45'
90'
33'  Shakhzod Ubaydullaev
67'  Murod Khalmukhamedov
48'  Zoir Dzhuraboev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика