Ertaga O'zbekiston MTJni Osiyo Kubogiga kuzatish marosimi bo'lib o'tadi
01 jan 2019 18:54
Yangiliklar


Ertaga O'zbekiston MTJni Osiyo Kubogiga kuzatish marosimi bo'lib o'tadi
Xabaringiz bor, ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi erta tongda Osiyo Kubogi musobaqasiga yo'l oladi.
SHu munosabat bilan ertaga tonggi soat 05:30da Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro aeroporti"da futbolchilarimizni tantanali kuzatish marosimi bo'lib o'tadi. Marosimda O'FA rahbariyati, fan-klub azolari va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etishadi.
Mazkur marosimga yurtimizdagi futbol muxlislari va ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif qilib qolamiz!
O'zbekiston milliy terma jamoamizga hamisha omad va g'alabalar yor bo'lsin!
O’xshash yangiliklar
14:15
"Bularning barchasi mish-mish" - Igor Sergeev MTJga xorijlik murabbiy kelishi mumkinligi haqida 9
11:37
U-17 ayollar Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qura tashlandi: O'zbekiston raqiblarini bilib oldi 0

Fikrlar