Ertaga "Nasaf" "SHo'rtan" bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazadi
27 dek 2016 10:58
Yangiliklar
Ertaga "Nasaf" "SHo'rtan" bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazadi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Nasaf" 28 dekabr chorshanba kuni G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazadi.
Nazorat uchrashuvlari “Markaziy” stadion yonidagi mashg'ulot maydonida bo'lib o'tadi. Nazorat uchrashuvlari soat 11:00da va 13:00ga mo'ljallangan.
"Nasaf" tarkibida boshqa o'zgarishlar bo'lgani yo'q. SHu kunlarda shartnoma muddati tugagan futbolchilar bilan yangi shartnomalar tuzish borasida muzokaralar davom etmoqda.
O'zingizga malum, jamoa 31 yanvar kuni OCHL-2017 o'tish bosqichidagi uchrashuvni Baxraynning “Al-Hidd” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 16:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar