Ertaga Muborakda futbol bayrami
19 mar 2015 19:43
Yangiliklar
Ertaga Muborakda futbol bayrami
Ertaga Muborak shahrida futbol bo'yicha 24-Milliy chempionatning dastlabki uy uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Birinchi turni safarda "Navbahor"ga qarshi o'tkazgan "gazchilar" 2:0 hisobida g'alaba bilan qaytdi. Erta ham "Mashal" vodiyning "Andijon" jamoasini o'z maydonida qabul qiladi. Muborakdagi ochilish uchrashuviga o'yin oldi dasturlar tayyorlanmoqda. Futbol mavsumini boshlanishini har yili bayram sifatida nishonlaydigan muborakliklar, bu safar o'yin oldidan katta koncert dasturini ham tomosha qilishi mumkin. Ertaga 15:00 dan boshlab stadionda mahalliy sanatkorlar ijrosida bayram dasturi boshlanadi.
"Mashal" - "Andijon" bahsi 16:30 da start oladi. O'yin boshlanguncha mavsumning ochilish qismi ham bo'lib o'tadi.
Bu o'yinga chiptalar stadion kassalarida sotilmoqda. 18 yoshgacha bo'lgan muxlislarga 1000 so'mdan etib belgilangan bo'lsa, 18 yoshdan yuqori bo'lgan futbol ixlosmandlari uchun 5000 ming so'mdan bo'ladi.
Barcha muxlislarni stadionda jamoamizni qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz !

championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar