Ertaga A va B Pro-liga uchun qura tashlanadi
22 mar 2019 16:21
Yangiliklar


Ertaga A va B Pro-liga uchun qura tashlanadi
Bilasiz, Professional futbol ligasi ayni paytda A va B Pro-ligalarida to'p suradigan jamoalarni saralab olmoqda.
“Mashal”, “Neftchi”, “SHo'rtan”, “Istiqlol”, “SHerdor”, “Xorazm” klublari A Pro-ligada ishtirok etadi. Ular qatoriga bugun bo'lib o'tgan PFL kubogi-2019 finalchilari – “Oq-tepa” va “Iftixor” jamoalari qo'shilishadi.
Ertaga, 23 mart kuni soat 14:00da PFL binosida A va B Pro-ligalari 2019 yilgi mavsumi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar