So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  44 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Eronning “qizil armiya”si “Nasaf”ga qarshi Yangiliklar

Eronning “qizil armiya”si “Nasaf”ga qarshi

Teglar :  OCHL-2018Persepolis
2018 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi, 1-turini Qarshining “Nasaf” klubi Eronning amaldagi chempioni Tehronning “Persepolis” klubiga qarshi o'tkazadi.

O'quvchilarimizga “ajdarlar”ning raqibi haqida malumot beramiz.

"Persepolis" klubiga 1963 yilda Ali Abdu tomonidan asos solingan va 1968 yildan buyon Eron yuqori divizionida o'ynab kelmoqda.

Klub yoshlar va sport vazirligiga tegishli hisoblanadi. "Persepolis" 1973 yildan buyon o'z uy o'yinlarini jahonga mashhur "Ozodi" stadionida o'tkazib kelmoqda. Eronda Tehron derbisi mavjud, unda "Persepolis" va "Istiqlol" klublari o'zaro o'ynashadi. "Persepolis" Eronda mamlakat chempioni bo'lish bo'yicha mutloq rekordchi hisoblanadi. Tehron klubi 10 marta chempionlikka erishgan.

Klub safida Ali Karimi, Ali Dai, Vohid Hoshemiyan, Mehdi Mahdavikiya va Ali Parvin kabi mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan.  


“PERSEPOLIS” OSIYO CHEMPIONLAR LIGASIDA
"Persepolis" klubi ettinchi marta Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etmoqda. Oldingi olti mavsumda klub to'rt bor guruhdan chiqqan. Jamoaning eng yuqori natijasi 2017 yilda kuzatilgan. "Persepolis" o'tgan mavsumda OCHLda yarim finalga qadar etib borishga muvaffaq bo'lgandi.

“Persepolis” Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston klublari bilan olti marta o'yin o'tkazgan. Dastlabki to'qnashuv 2003 yilda sodir bo'lgan. Toshkentda o'tgan guruh bosqichi o'yinlarida "Persepolis" "Paxtakor"ga 0:1 hisobida yutqazgan.

2009 yilda Tehron klubi bitta o'yindan iborat OCHL nimchorak finali bahsida o'z uyida Skolari va Rivaldoga ega bo'lgan "Bunyodkor"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.  

2011 yilda "Persepolis" "Bunyodkor" bilan guruh bosqichida to'qnash kelgan. Toshkentda o'tgan o'yinda hisob ochilmagandi - 0:0. Erondagi o'yinda esa "Bunyodkor" zafar quchgan - 3:1.

2015 yilda ham "Persepolis" "qaldirg'ochlar" bilan bir guruhdan joy olgandi. Bu safar Eron klubi har ikkala bahsda ham g'olib chiqqan. Forslar Toshkentda 1:0, Eronda esa 2:1 hisobida g'olib bo'lishgan.

“PERSEPOLIS” ERON CHEMPIONATIDA
Eron chempionatida 16 jamoa ishtirok etadi, ayni paytda "Persepolis" 23ta o'yindan so'ng 54 ochko to'plab chempionatda yakka peshqadam bo'lib turibdi. Undan keyingi o'rindagi jamoada 38 ochko bor. Ivankovich shogirdlari 23ta o'yindan faqat 1tasida mag'lub bo'lishgani diqqatga sazovor.

Jamoa 7 fevral kuni safarda "Sanat Naft Abadan" mehmoni bo'ldi va 3:0 hisobida zafar quchdi. Farshad Ahmadzoda hisobni ochgan bo'lsa 22 yoshli hujumchi Ali Alipur dublga erishdi.

Eron chempionatida “Persepolis” klubi hujumchisi Ali Alipur 17ta gol bilan to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

“PERSEPOLIS” FUTBOL KLUBI
Laqabi: 
“Qizil armiya”
Tashkil etilgan sana: 1963 yil, dekabr
Stadioni: “Ozodi”, 78116 tomoshabinga mo'ljallangan
Klub xo'jayini: Hamid Rizo Garshasbi
Bosh murabbiyi: Branko Ivankovich (Xorvatiya)
Sovrinlari: Eron chempioni (10 marta, rekord), Xafzi kubogi sohibi (5 marta), Eron Superkubogi sohibi (1 marta), Osiyo Kubok egalari kubogi sohibi (1991 yil).


“PERSEPOLIS” BOSH MURABBIYI
Branko Ivankovich futbolchilik faoliyatini bitta klub safida o'tkazgan duyondagi sanoqli insonlardan biri hisoblanadi. U faoliyatini 1979 yilda  sobiq Yugoslaviyaning "Varteks" (hozirda "NK Varajdin" deb nomlanadi) klubi tarkibida boshlagan hamda 1990 yilga kelib aynan shu klubda faoliyatini yakunlagan. Keyingi yil u darhol jamoa bosh murabbiyiga aylangan edi. Bu klubda 4 yil davomida ishlab Xorvatiyaning boshqa klublariga ketgandi. 1998 yilgi Jahon chempionati vaqtida Ivankovich bosh murabbiy Miroslav Blajevichga yordamchi bo'lgan. 1999-2000 yilgi mavsum murabbiy Germaniya ikkinchi bundesligasida o'ynayotgan "Gannover" klubi ustozi bo'lgan. 2002 yilda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat Eron terma jamoasini Osiyo o'yinlarida chempion qildi. So'ngra Eron milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi. 2004 yil Xitoyda o'tgan Osiyo Kubogida jamoani bronza medallariga ega chiqishiga xissa qo'shdi, 2006 yil Germaniyada bo'lgan Jahon chempionatiga forslarni aynan Ivankovich olib chiqqandi. So'ngra ikki yil davomida o'z yurtida, Zagrebning "Dinamo"sida ishlab mamlakat chempioni bo'ldi, Xorvatiya kubogi va Superkubogini yutdi. 2010 yilda Xitoyning "SHandong Luneng" klubini chempion qildi. CHin yurtida ham ikki yil ishlab, Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tdi. Bu erda "Al Ittifoq" klubi bilan SHaxzoda kubogida finalga qadar etib bordi. 2012 yilda BAAning "Al Vahda" klubini qabul qilib oldi. 2013 yilda Ivankovich yana Zagrebga qaytdi. 2015 yil unga Tehronning "Persepolis" klubidan taklif bo'ldi. O'shandan buyon tajribali murabbiy aynan shu jamoada ishlab kelmoqda. O'tgan yil klub ushbu murabbiy boshchiligida Eron chempioni bo'ldi va Eron Superkubogida zafar quchdi.

Branko Ivankovich 2007 va 2008 yillarda Xorvatiyaning, 2010 yilda Xitoy chempionatining va 2017 yil Eron chempionatining eng yaxshi murabbiy deb topilgan.

Branko IVANKOVICH
Tug'ilgan sanasi:
28.02.1954
Tug'ilgan joyi: Varajdin, Xorvatiya
Futbolchilikdagi ampluasi: Hujumkor yarim himoyachi
O'ynagan jamoasi:  "Varteks" (hozirgi "NK Varajdin") (Xorvatiya) 1979-1990 yillar
Boshqargan jamoalari: "Varteks" (Xorvatiya), "Segesta" (Xorvatiya), "Rieka" (Xorvatiya), Xorvatiya yordamchi murabbiy, "Gannover" (Germaniya), Eron U-23, Eron MTJ, "Dinamo Zagreb" (Xorvatiya), "SHandon Luneng" (Xitoy), "Ittifoq" (Saudiya Arabistoni), "Al Vahda" (BAA), 2015 yildan buyon "Persepolis"da.


“Persepolis”
Darvozabonlar

Alirizo Beiranvand
Abdulfazli Darvishvand
Bojidar Radoshevich (Xorvatiya)

Himoyachilar

SHoja Halilzoda
Jalol Hussayni
Hussayin Mahini
Muhammad Ansari
SHahin Abbosiyan
Ehson Hussayni
SHayan Musleh

Yarim himoyachilar

Sodiq Muharrami
Bashar Resan (Iroq)
Ahmad Nurullohi
Farshad Mahmadzoda
Kamal Kamyabinia
Muhsin Rabieka
Vohid Amiri
Adam Hemati
Ehson Alvonzoda
Said Hussayinpur
Hamidrizo Toxirxoni
Muhsin Musulmon
Siamak Nemati

Hujumchilar

Rizo Karamolachab
Muhammad Amin Asadi
Ahmad Baharvand
Ali Alipur
Godvin Mensha (Nigeriya)


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика