So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  43 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Eronni qanday mag'lub etsa bo'ladi? Yangiliklar

Eronni qanday mag'lub etsa bo'ladi?

Teglar :  O'zbekiston MTJEron
12 iyun kuni Tehronda O'zbekiston terma jamoasini qiyin va masuliyatli o'yin kutib turibdi.

Mezbon Eron guruhda peshqadam va g'alabaga nihoyatda chanqoq: g'alaba ularni JCH-2018ga muddatdan avval yo'llanmani taqdim etadi. O'tgan yil oktyabr oyida bu jamoalar Toshkentda to'qnash kelishgandi, o'shanda eronliklar g'alaba qozonishgandi – 1:0. Hozir ham ular favorit hisoblanishmoqda.


PAS UCHUN PAS
Karlush Keyrush shogirdlari kam gol urishmoqda: beshta g'alabadan to'rttasiga bitta gol etarli bo'ldi - 1:0. Ammo boshqa jihat muhimroq: Eron ettita o'yinda o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmadi – Osiyoning qolgan hech qaysi terma jamoasi bu borada maqtana olmaydi.

Ijobiy natijaga erishish uchun mehmonlar juda ham kuchli koncentraciya kerak bo'ladi: o'z jarima maydoni yonidagi xato qimmatga tushishi mumkin – sababi, mart oyida O'zbekiston Suriya (neytral maydon) va Qatar (uyda) bilan o'yinlarda hujumda u qadar yorqin o'ynay olmagandi.

Toshkentdagi Eronga qarshi o'yinda O'zbekistonda gol urish uchun deyarli yaqqol vaziyat bo'lmagandi. Jarima maydoni tashqarisidan faqat bir marta zarba berilgandi (o'yin oxirlarida, u qadar yaxshi bo'lmagan vaziyatdan) – u ham bloklangandi. 90 daqiqa davomida umuman aniq zarba berilmagandi. Tanaffusga qadar O'zbekistonning 45ta hujumidan 2tasi zarba bilan tugagandi xolos.

O'sha o'yinda mezbonlarning hujumiga aniqlik, o'tkirlik etishmagandi. O'zbekiston ko'proq pas bergandi (510ta, Eronda 344ta) va aniqroq (80 foiz, Eronda 72 foiz), biroq InStat raqamlariga ko'ra ko'plab paslar faqat dastlabki pas bo'lgan (510tadan 184tasi yoki 37 foiz), muhim yoki keskin paslar umumiy paslarning 1,76 foizini tashkil qildi. Muhim paslar effektivligi 33 foizga teng bo'ldi. Taqqoslash uchun: Eronning muhim paslari 3,78 %, ularning effektivligi esa InStat bo'yicha 54 % teng bo'ldi.

Raqib jarima maydoniga uzatilgan paslarning aniqligi ham etiborimizni tortdi: O'zbekistonda 28 foiz aniqlik, Eronda 41 foiz. Mezbonlarning 17 marta havodan uzatgan to'plarining birontasi aniq etib bormagan.


XAVFLI STANDARTLAR
Eronning g'alaba to'pi aynan jarima maydoniga uzatilgan to'pdan so'ng sodir bo'lgandi: pleymeyker SHojayi chap tomondan to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi, markaziy himoyachi Hussayni havoda barchadan baland sakrab gol urib ketgandi.


TAS-IX

VIDEO

TAS-IX emas


Standart vaziyatlar – Eronning eng ustun jihatlaridan biri. Bu JCH-2018 saralashi ikkinchi bosqichidayoq ko'zga tashlangandi. O'shanda Keyrush kuchsizroq raqiblarni shunchaki standartlar bilan taslim qilib tashlagandi: Hindiston, Turkmaniston, Guam va Ummon: bu jamoalar darvozasiga standartdan bittadan ortiq gollar urilgandi. Toshkentdagi bahsga qaytsak, Eron hujumdagi standartlar ustida qanchalik yaxshi ishlagani ko'zga tashlangandi: InStat ko'rsatkichiga ko'ra, mezbonlarning jarima maydoni yaqinidagi 4ta jarima to'pidan 3tasi darvoza tomon zarba bilan tugadi. O'zbekiston esa shunday beshta jarima to'pining faqat bittasini zarbaga qadar olib bordi.

Eron terma jamoasi asosini Evropa klublarida o'ynaydigan futbolchilar tashkil etadi, ularda o'yin disciplinasi yuqori darajada bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasi raqib jarima maydoniga ko'p to'p oshirishi mumkin – ammo eronliklar standartlar vaqtida himoyalanishda ham ancha tartibli o'ynashadi: ular havodagi to'plarni yutaverishadi va qaytgan to'plarga egalik qilishga, shu yo'l bilan raqiblarga hujumni ikkinchi temp bilan davom ettirishga imkon berishmaydi.


YOSH, TEXNIKASI KUCHLI, CHAQQON
Eron hisobni ochib olganidan so'ng unga qarshi o'ynash juda og'ir. Bu faqat himoya kuchli bo'lgani uchun emas, sababi Keyrush shogirdlari kutilmaganda qarshi hujumga o'tishni sevadi va buni ko'p bor ishga soladi. Toshkentdagi o'yinning ikkinchi bo'limida mehmonlar o'yin vaqtining 35 foizida to'p bilan muomala qilishdi, ammo xuddi O'zbekiston sinagri 6 marta zarba berishdi.

Yana bir holat: Eronning 10ta zarbasidan 5tasi jarima maydoni ichidan yo'llandi. O'zbekiston esa o'sha kuni jarima maydoni ichidan umuman zarba bera olmadi.
Eronning markazdagi futbolchilari texnik tomonlama kuchli: Toshkentdagi uchrashuvning 10-daqiqasi tugab borayotgan paytda chap qanotda qisqa paslar orqali mezbonlarning to'rt nafar futbolchisi dog'da qoldirilgandi, faqat noaniq oshirilgan so'nggi pas tufayligina eronliklar Lobanov bilan birga bir vaziyatga chiqib ketishmagandi.

Eron terma jamoasi etakchilarining ko'pchiligi yoshlar – biroq ular Evropa klublaridagi o'yinlar orqali anchagina tajriba to'plashgan. InStatIndex bo'yicha jamoada eng yaxshi ko'rsatkich (258) Gollandiyaning AZ Alkmaar klubi azosi 23 yoshli Alirizo Jahonbaxshga tegishli, u istalgan masofadan zarba bera oladi va to'p bilan engil muomala qiladi. Asosiy oyog'i o'ng, ammo chap oyog'i bilan ham zarba bera oladi yoki pas oshira oladi.

Mehdi Taremi

Mart oyida Qatar va Xitoyga qarshi o'yinlarda 24 yoshli Mehdi Taremining aniq zarbalari Eronga g'alaba keltirgandi. U kelajagi porloq futbolchi, egiluvchan va professional akrobatdan kam bo'lmagan tana tuzilishiga ega, buning evaziga u istalgan qulay vaziyatdan zarba beradi, bunga qo'shimcha ravishda anchagina universal hisoblanadi. Taremi Persepolisda hujumchi rolida o'ynaydi, terma jamoada esa – hujumkor yarim himoyachi sifatida harakat qiladi, u o'ngda ham (Qatar bilan bahs bunga misol), chapda ham (Xitoy bilan o'yin) markazda ham o'zini yaxshi his qiladi. Qatarga u tezkor hujumni chiroyli tarzda yakunlagandi, o'ng oyog'ida to'pni qabul qilib darvozaboning yonidan gol urgandi. Xitoyliklar darvozasini Taremi umuman boshqacha uslubda ishg'ol qilgan – jarima maydoni ichida turib, raqibdan qaytgan to'pni chap oyog'i bilan zarba berish orqali.

Toshkentda Taremi u qadar yaxshi o'ynay olmagandi: 75 foiz yakkakurashlarni yutqazgan, 4ta imkoniyatdan faqat bittasida raqibni aldab o'tgan, jamoadoshlari orasida pas berishda eng noaniq bo'lgan (60 foiz aniqlik). Eronlik yulduzni zararlantirish O'zbekiston terma jamoasi chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov chekiga tushgandi: u Taremi bilan 7ta yakkakurashning barchasida g'olib bo'lgandi. Denisov o'sha oqshom nafaqat himoyada faol va foydali bo'lgandi, balki hujumda ham sheriklariga yordam berib turgandi. Uchrashuvni InstatIndex bo'yicha 232 ko'rsatkichi bilan tugatgandi. O'sha bahsda O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari orasida faqat Anzur Ismoilov undan yuqorida turgandi.


BOSHDAN BALAND SAKRASH
Afsuski, O'zbekiston terma jamoasi u qadar yuqori darajani ushlab qola olmadi (jamoaviy InStatIndex 197ni tashkil etdi). Odil Ahmedov o'ynamagan va 39-daqiqada jarohat tufayli almashtirilgan Server Jeparovsiz qolgan yarim himoya kuchsizlanib qoldi. SHu bois ham raqib jarima maydoni yonida xavfli vaziyatlar deyarli sodir etilmadi, eronliklar bir necha bor Lobanov darvozasi oldida vaziyatlar yaratishdi. Qanotlarni ham deyarli Keyrush shogirdlari boshqarishdi.

12 iyun kuni Tehronda O'zbekiston terma jamoasiga bundan ham qiyin bo'lishi turgan gap. Eronliklar ustozi bu uchrashuvni Eron futbolining yangi tarixidagi eng muhim o'yin deb atadi. Biz O'zbekistonga qarshi xuddi Jahon chempionati finalida o'ynayotgandek o'ynashimiz kerak, –deydi Keyrush.


O'zbekistonlik futbolchilar ham o'zlariga deyarli shunday deyishlari mumkin. Bunday darajagi futbolchini mag'lub etish yoki hech bo'lmasa ular bilan tengma teng o'yin namoyish etishga harakat qilsa bo'ladi. Yakkakurashlardagi harakatlar, o'z yarim maydonida keskin va shiddatkor o'yin namoyish etish, standart vaziyatlarga alohida etibor qilish va tezlik. Bular O'zbekistonga uydagi o'yinda etishmagandi. Aynan shular orqali o'zbekistonlik futbolchilar boshdan baland sakrashlari mumkin.

Eron odatda o'z maydonida juda kuchli – biroq nozik tomoni ham bor. O'zbekiston terma jamoasi buni isbotlab bo'lgan: JCH-2014 saralashi doirasidagi Tehronda o'tgan bahsni eslashning o'zi kifoya. O'shanda Ulug'bek Baqoevning urgan goli O'zbekistonga tarixiy g'alabani keltirgandi. To'rt yarim yildan oshiq vaqt o'tdi, Samvel Babayan chaqirgan futbolchilar orasi 2012 yil 14 noyabr sanasida Ozodi stadionida maydonga tushgan o'yinchilar bor. Muhim bellashuvga Ahmedov va Jeparov ham tayyorgarlik ko'rishmoqda: ular yarim himoya chizig'ini keskin kuchaytiradi, hujumkorlikni ko'paytiradi va balki natijaga ham tasir qiladi. O'zbekiston Tehronda Toshkentdagidan ko'ra yaxshiroq o'ynashga qodir. Kerak bo'lsa eronliklar mana shunday jamoadan qo'rqishsin.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика