Eronlik iqtidorli futbolchi "SHabab Al Ahli"ga o'tdi
25 avg 2021 12:21
Yangiliklar
Eronlik iqtidorli futbolchi "SHabab Al Ahli"ga o'tdi
Bungacha Ahmad Nurullohi ushbu klub bilan shartnoma imzolab, oxirgi 8 yil ichida BAA chempionatida o'ynaydigan dastlabki eronlik futbolchiga aylangandi. Yaqinda esa Tehronning "Istiqlol" klubi azosi Mehdi Gaedi ham "SHabab Al Ahli" safiga ko'chib o'tdi.
23 yoshli mohir yarim himoyachi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Gaedi 2017 yildan beri "Istiqlol" safida harakat qilib kelayotgandi. Biroq bu orada u mamlakat chempioni bo'la olmadi. Endi esa faoliyatini legioner sifatida davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum "SHabab Al Ahli" safida Jaloliddin Masharipov bilan Odil Hamrobekov harakat qilib, keyinchalik Masharipov Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga yo'l oldi, Hamrobekov esa "Paxtakor"ga qaytib keldi.
Hozir dubayliklar safida yana bir hamyurtimiz Aziz G'aniev faoliyat yuritib kelyapti.
Fikrlar