

Ansarifard 2015 yildan buyon Gretsiyaning boshqa bir klubi "Panionis" safida o'ynab kelayotgandi. O'tgan yil futbolchi Gretsiya Superligasining eng chiroyli goli muallifi deb topilgan edi. Hujumchining transferini "Olimpiakos" rasmiy sayti tasdiqladi.
Karim Ansarifard faoliyati davomida Eronda "Saypa", "Persepolis", "Traktor Sozi", Ispaniyada "Osasuna" klublari safida ham faoliyat olib borgan.
Eron milliy terma jamoasi tarkibida bugunga qadar 54ta o'yinda maydonga tushib 14ta gol urishga erishgan.
1925 yil tashkil topgan "Olimpiakos" klubi bugunga qadar Gretsiyada 43 marta chempion bo'lgan va 27 karra Gretsiya kubogi sohibiga aylangan. Klub ikkala musobaqada g'olib chiqish bo'yicha Gretsiyada mutloq rekordchi hisoblanadi. Jamoani ayni paytda Portugaliya terma jamoasi sobiq ustozi Paulu Bentu boshqarib bormoqda.




