So’nggi yangiliklar

14:05Модрич: "Ҳар уч кунда ўйнай оламан"  0 13:41Ўзбекисион U-18 терма жамоаси йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати  0 13:24Суперлига. 2-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Хоразм" ва "Бухоро" 1 нафардан йўқотишга эга  0 13:01Александр Кержаков Ўзбекистондан тушган таклифни рад этган  5 12:40Футбол ҳакамлари академияси ташкил этилади  0 12:26ФАКТ. "Қизилқум" 10 йилдан буён меҳмонда "Бухоро"ни юта олмаяпти  0 12:14Суперлига. 2-тур ўйинларига превью  0 11:57Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон амалдаги чемпион билан бир гуруҳда  3 11:37"Нефтчи"нинг "Қўқон-1912"га қарши баҳс учун қайдномаси эълон қилинди  4 11:11Романо: "Челси" португалиялик вингер билан келишувга эришди  1 10:45Моттанинг ўрнига «Ювентус»ни бошқаришга асосий номзод маълум  3 10:06Sofascore. Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  2 09:03«Реал Мадрид» ҳимоячиси бир ойга сафдан чиқди  3 08:32Европа лигаси. Чорак финал жуфтликлари маълум  4 08:20КОНКАКАФ. "Интер Майами" сафарда "Кавальер"ни мағлуб этди, Месси 92-дақиқада гол урди  12

"To'raevni almashtirganimizdan keyin maydon markazda katta "teshik" paydo bo'ldi". Erondan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Abramov nimalar dedi? Yangiliklar

"To'raevni almashtirganimizdan keyin maydon markazda katta "teshik" paydo bo'ldi". Erondan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Abramov nimalar dedi?

O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.

"Tushunarliki Eron juda tajribali jamoa. Bugun imkoniyatimizdan pastroq o'ynadik. Agar birinchi taymda biroz yaxshi harakat qilgan bo'lsak, ikkinchi taym so'nggi 30 daqiqasida juda yomon o'ynadik. Eron birinchi bo'limda ikki marta zarba berdi va gol urdi. Afsuski bugun kutgan o'yinimizni namoyish etolmadik. Bunday kuchli raqib fonida futbolchilarni sinab ko'rdik. Bu bahs biz uchun foydali bo'ladi, mag'lub bo'lganda futbolchilarga aytadigan gaplarim ko'p bo'ladi", - deydi Abramov.

- Bugun terma jamoamiz oddiy o'ynagandek bo'ldi. Eron va Osiyoning boshqa etakchilariga qarshi bahslarda o'yin uslubimizni o'zgartirish kerak emasmi?

- Raqib ham oddiy va ishonchli o'ynadi. Tushunarliki Eronda potencial ko'rinib turdi, kerak vaqtda ular yanada kuchli o'ynay olishadi. Birinchi taymda raqibdan cho'chigandek bo'ldik va himoyaga o'tib oldik. Keyin tashabbusni qo'lga oldik va vaziyatlar yaratdik. Agar vaziyatlarga sovuqqon munosabatda bo'lganimizda natija boshqacha bo'lardi. Jarima maydoniga oddiy uzatmalar bilan Erondek jamoani mag'lub etib bo'lmaydi.



- Sardor Azmun Osiyoning kuchli hujumchilaridan biri. Bugun gol urgan vaziyatda u bemalol to'pni egallab darvozaga zarba berdi. Uni qo'riqlagan himoyachi o'sha vaziyatda Azmunni yo'qotib qo'ydimi?

- To'g'ri aytdingiz, Azmun yaxshi saviyadagi o'yinchi. Tarkibimizdagi bazi futbolchilar o'yinga 3 kun qolganida ixtiyorimizga kelishdi. Bunday xatolar yo'l qo'yilsa futbolchilarimiz o'zaro tushunishi yaxshi emasligini ko'rsatdi, shu bilan Azmunning mahorati ham katta rol o'ynadi.

- 2011 yilda O'zbekiston terma jamoasi sizning qo'l ostingizda Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqqandi. O'sha tarkibdagi futbolchilarni terma jamoaga jalb qilish niyatingiz bormi?

- O'ylashimcha, o'sha musobaqada o'ynaganlardan faqat Lutfulla To'raev qoldi shekilli. Uni juda ham ko'p tanqid qilishadi. Lekin bugun To'raevni almashtirganimizdan keyin maydon markazda katta "teshik" paydo bo'ldi. Zaxiradan tushganlar o'yinimizni kuchaytira olishmadi.


Reyting: -171   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика