So’nggi yangiliklar

00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3

Eron U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Qatar bilan o'yin yaxshi dars bo'ldi" Yangiliklar

Eron U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi: "Qatar bilan o'yin yaxshi dars bo'ldi"

Xabaringiz bor, 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Biz bilan bir guruhda bahs olib boradigan Eron U-23 terma jamoasi yaqinda Qatar olimpiya terma jamoasiga o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 2:2 hisobini qayd etdi. 

Eronliklar birinchi taymda Reza SHekari va Mehdi Gaedi tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi, biroq tanaffusdan so'ng o'z darvozalaridan ikkita to'p o'tkazib yuborishdi. 

Terma jamoa bosh murabbiyi Hamid Estili o'yindan keyin shunday dedi: "Biz yaxshi o'yin o'tkazdik. Qatar bilan kechgan uchrashuv biz uchun o'ziga xos dars bo'ldi. Bu o'yin orqali biz O'zbekiston U-23 terma jamoasiga qarshi bahs oldidan futbolchilarni sinovdan o'tkazib oldik". 

"Qatarga qarshi ham hujumkor, ham himoyaviy futbol namoyish etdik. O'yinda Qatarning ikki futbolchisiga qizil kartochka berildi, lekin biz ularning maydondan chiqib ketmasligini xohladik. Maqsadimiz Qatarning to'liq tarkibiga qarshi o'z kuchimizni tekshirib olish edi". 

Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo chempionatidagi O'zbekiston - Eron uchrashuvi 9 yanvar kuni bo'lib o'tadi. 

Navbatdagi U-23 Osiyo chempionatida kurash Olimpiada yo'llanmasi uchun kechadi va yakunda kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'l oladi. 

Eron 1976 yildan beri Olimpiada o'yinlariga chiqa olmayapti. Biz esa umuman ishtirok etmaganmiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика