So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  7 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  10 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

Eron U-23 bosh murabbiyi: "Gonkongning tug'diradigan eng katta qiyinchiligi – nomalum jamoa ekanligi" Yangiliklar

Eron U-23 bosh murabbiyi: "Gonkongning tug'diradigan eng katta qiyinchiligi – nomalum jamoa ekanligi"

Eron U-23 bosh murabbiyi Rizo Inoyati ertaga start oladigan U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan barchaga rahmat. Biz uchun har bir musobaqa qiyinchilik bilan o'tadi. Gonkong bilan o'yin birinchi qadam va bor etiborimiz ularni yutishga qaratilgan", – dedi Rizo Inoyati.

- Afg'oniston va Gonkongga nisbatan asosiy kurash O'zbekiston bilan kechadi. Bu o'yinga maxsus reja asosida tayyorlanasizlarmi? Odatdagidan farq qiladimi?

- Albatta, o'z rejalarimiz bor. Qadamma-qadam bu rejalarni amalga oshiramiz. Gonkong bilan o'yindan keyingina O'zbekiston haqida o'ylaymiz. 

- Eron Olimpiadaga chiqsa, harbiy xizmatdan ozod etilishi haqida xabar chiqdi. Bu rostmi va Eron uchun Olimpiada qanchalik muhim?

- Bu fikringiz yuz foiz to'g'ri. Bu futbolchilarimiz uchun juda muhim hisoblanadi. Harbiy xizmatdan ozod bo'lishdan ko'ra jamoani shakllantirish, musobaqalarda yaxshi qatnashish, futboldagi natijalar ustun hisoblanadi. 

- Gonkongdan qaysi taraflama qarshilik kutmoqdasiz?

- Gonkongning tug'diradigan eng katta qiyinchiligi – nomalum jamoa ekanligi. O'yin taktikasini tushunish qiyin bo'ldi. Albatta, ularni tahlil qilib chiqdik. Bu o'yinda hech qanday syurpirizlar bo'lmaydi. 

- 2007 yil Eron terma jamoasi safida Osiyo Kubogida O'zbekistonga qarshi o'ynagansiz. Umuman bu uchrashuvni qanday eslaysiz?

- Albatta, yurtingizda futbol juda yaxshi rivojlanmoqda. 18, 20, 23 yoshgacha bo'lgan jamoalaringiz yaxshi natija qayd etib kelmoqda. Bu musobaqadan so'ng ikki jamoada ham yaxshi   xotiralar bilan qolishini istayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика