So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Eron terma jamoasi ustozi Karlush Keyrushning istefosi rad etilishi yuzasidan rasmiy bayonoti Yangiliklar

Eron terma jamoasi ustozi Karlush Keyrushning istefosi rad etilishi yuzasidan rasmiy bayonoti

Teglar :  Karlush KeyrushEron
O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi – Eron termasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida istefosi rad etilganidan so'ng rasmiy bayonot matnini elon qildi.

63 yoshli mutaxassis  Eron futbol federaciyasi (EFF) bilan yuzaga kelgan o'zaro ziddiyat va kelishmovchiliklardan so'ng milliy terma jamoadan ketish haqida ariza yozgandi. Keyinroq EFF prezidenti Mehdi Taj Keyrushning istefoga chiqish arizasini rad etgani haqida malum qilingandi.

Quyida Karlush Keyrushning rasmiy bayonoti matni keltirilgan.

“Istefoga chiqish haqida ariza yozganimdan so'ng quyidagi bayonotni elon qilmoqchiman:

1. Dubaydagi yig'in davomida Eron termasi bilan yuzaga kelgan ziddiyatlardan so'ng 6 yanvar kuni EFF prezidentiga tovon pulini talab qilmagan holda istefoga chiqish haqida xat yozdim.

2. Ushbu qaror EFF prezidenti Mehdi Taj roziligi bilan muhokama qilindi.  EFF prezidenti Branko Ivankovich (“Persepolis” ustozi) qarshiligi va boshqa sabablarga ko'ra JCH–2018 uchinchi saralash bosqichiga tasdiqlangan tayyorgarlik rejasini amalga oshirish uchun sharoiti va vakolati yo'q ekanini aytdi.

3. Tayyorgarlik rejasi va rivojlanish uchun sharoit yo'qligi sababli men Eron termasining kelajagi va Jahon chempionatiga chiqish borasidagi muammolari haqida professional munosabatimni bildirdim.

4. Istefo haqida azirani taqdim etganimdan so'ng, EFFdan rasmiy rad javobini oldim.

5. EFF rahbariyati va prezidentining mazkur qarori mening professional mahoratim, Eron termasiga bo'lgan sadoqatim isboti deb tushundim. Ushbu lavozimda qolish menga qo'shimcha masuliyat yuklaydi.



6. Biroq, shuni aniq malum qilmoqchiman-ki, Branko Ivankovich va boshqa sport agentlarining doimiy qarshiligi tufayli Eron termasini saralash bosqichida peshqadam qilgan hamda mamlakat futboli nufuzini oshirgan tayyorgarlik rejasi yakuniga etdi.

7. JCH–2018 turniri final bosqichiga yo'l olish uchun harakat qilayotgan boshqa raqiblardan farqli o'laroq, bundan buyog'iga Eron terma jamoasining tayyorgarlik imkoniyatlari cheklangan bo'ladi va faqat FIFA kunlarida, standartlar va qoidalarga muvofiq o'yin o'tkazadi.   

8. FIFA tomonidan cheklangan tayyorgarlik rejasini qo'llab-quvvatlamayman va bu Eron termasining saralash bosqichidan o'tishiga salbiy tasir o'tkazishiga ishonaman.

9. Yakunda bir narsani aniq qilib aytmoqchiman: yangi tayyorgarlik rejasi bir tomonlama qaror bo'lib, EFF rahbariyati va prezidenti uni qabul qildi hamda butun masuliyatni o'z zimmasiga oldi” – deyiladi Karlush Keyrugning bayonotida.  

Malumot uchun, JCH–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Eron 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика