So’nggi yangiliklar

10:45"Ал Насср" бразилиялик иқтидорни сотиб олди  1 10:14"Romaspress" нашри бугунги учрашув учун римликларнинг эҳтимолий таркибини эълон қилди  2 09:45Flashscore. Раҳмоналиев ва Ашурматов кечаги мағлубиятдан сўнг неч баҳога лойиқ кўрилди  1 09:19"Рома" етакчиларидан бири фаолиятини Саудияда давом эттиради  1 09:15Туркия чемпионати. "Галатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  4 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  2 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  4 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  7 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  9

Eron terma jamoasi Jahon chempionatlarida qanday qatnashgan? Yangiliklar

Eron terma jamoasi Jahon chempionatlarida qanday qatnashgan?

Teglar :  Eron
2018 yili Rossiya mamlakatida bo'lib o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasi uchun ayni damda Osiyo qitasida 12ta terma jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bahs olib bormoqda.

Vakillarimiz Qatar, Janubiy Koreya, Eron, Suriya va Xitoy terma jamoalari bilan “A” guruhidan joy olganidan xabaringiz bor. Biz terma jamoamizning har bir uchrashuvidan oldin raqiblarimiz haqida malumotlar berib kelmoqdamiz. O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 oktyabr kuni guruhdagi 3-tur uchrashuvini Eronga qarshi o'tkazadi. Ushbu bahs oldidan forslar haqida malumot beramiz.  

Tashkil topgan yili
: 1920
FIFA azosi: 1948
OFK azosi: 1958
Federaciya: Eron Islom Respublikasi federaciyasi
Konfederaciya: OFK
Bosh murabbiy: Karlush Keyrush (Portugaliya)
Jamoa sardori: Andranik Teymuryan
Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchisi: Javod Nekunam
To'purari: Ali Dai
Stadioni: Tehron “Ozodi”
FIFAdagi o'rni: 39 (14 iyul 2016)
Eng yuqori o'rni: 15 (iyul 2005)
Eng past o'rni: 122 (may 1996)
FIFA kodi: IRN
Ilk uchrashuvi: Afg'oniston-Eron 0:0 (Qobul, Afg'oniston, 25 avgust 1941)
Eng yirik g'alabasi: Eron-Guam 19:0 (Tabriz, Eron, 24 noyabr 2000 yil).
Eng yirik mag'lubiyati: Turkiya-Eron 6:1 (Istambul, Turkiya, 28 may 1950), Janubiy Koreya-Eron 5:0, (Tokio, Yaponiya, 28 may 1958)  
Jahon chempioantidagi ishtiroki: 4 bor ishtirok etgan. (Ilk bor 1978 yili)
Jahon chempionatida erishgan yutuqlari: guruh bosqichi (1978, 1998, 2006, 2014)
Osiyo kubogida erishgan yutuqlari: 13 bor ishtirok etgan (ilk bor 1968). Ketma-ket 3 bor bosh sovrinni qo'lga kiritgan, (1968, 1972 va 1976).

Eron terma jamoasi 1920 yili tashkil topgan va 1948 yili FIFAga 1958 yili esa OFKga azo bo'lgan. SHuningdek Markaziy Osiyo Futbol Associaciyasiga ham azo hisoblanadi. Eron terma jamoasi Osiyoda kuchli terma jamoalardan biri sanaladi. Forslar asosan uy uchrashuvlarini Tehrondagi “Ozodi” stadionida o'tkazadi.



JCH-1978 Argentina
Eron terma jamoasi ilk bor 1978 yili Argentinada bo'lib o'tgan dunyo birinchiligida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Forslar mundialning final raundida Peru, Gollandiya va SHotlandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oladi. Eron guruhdagi ilk uchrashuvni Gollandiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi va yirik (3:0) hisobida imkoniyatni boy beradi. SHotlandiya bilan bo'lgan guruhdagi ikkinchi o'yinda forslar durang natija qayd etadi va turnirdagi o'zining ilk 1 ochkosiga ega bo'ladi. Peru terma jamoasi bilan bo'lgan guruhdagi so'nggi bahsda ham Eron (1:3) hisobida mag'lub bo'ladi va mundialni erta tark etadi. SHu bilan Eron uchun 1978 yilgi Jahon chempionati yakuniga etadi. Takidlash kerakki, ushbu mundialda mezbon jamoa Argentina barcha raqiblardan ustun keladi va “Oltin Mabuda”ga ega chiqadi.

JCH-1982 yil. Ispaniya
1982 yili Ispaniyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatining saralash bosqichida ishtirok etish uchun AFK va OFK konfederaciyalaridan 21 mamlakat zayavka topshiradi. Faqat Eron terma jamoasi saralashda ishtirok etmaydi. Osiyo va Tinch okeani kontinental zonasidan 24 jamoadan faqat 2 nafari mundialning final raundida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritadi. 1982 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Quvayt hamda Yangi Zellandiya terma jamoalar yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

JCH-1998 yil. Franciya

Eron terma jamoasi 1998 yili Franciyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etish uchun saralash bahslarida omadli ishtirok etib, mundialning final raundiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Forslar JCH-1998 saralash bosqichida guruhda Qirg'iziston, Suriya va Maldiv terma jamoalari bilan bellashadi. Eron guruhdagi ilk uchrashuvda Maldiv bilan to'qnash keladi va raqiblar darvozasini javobsiz 17 bor ishg'ol qiladi. Ushbu saralash bosqichida Eron faqat Suriya terma jamoasi bilani birinchi uchrashuvda kichik hisobda g'alaba qozongan bo'lsa javob bahsida tomonlar murosa yo'lini tanlashadi (2:2). Forslar guruhda 6 uchrashuv o'tkazib 5 g'alaba 1 durang natija qayd etadi. Saralashning final raundida Saudiya Arabistoni, Eron, Xitoy, Qatar va Quvayt terma jamoalari bir guruhdan joy oladi. Ushbu saralashda forslar 8 o'yin o'tkazib 3 g'alaba, 3 durang va 2 mag'lubiyat bilan 12 ochko jamg'aradi. Eron guruhda ikkinchi o'rinni egallagani uchun Yaponiya terma jamoasi bilan “pley-off” bosqichida bellashadi. “Plef-off” bosqichida Eron Yaponiya terma jamoasiga (2:3) hisobida mag'lub bo'ladi. Yaponiya terma jamoasi JCH-1998 final raundiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Eron esa Avstraliya terma jamoasi bilan ham “pley-off” bosqichida bellashadi. “Ozodi” stadionida bo'lgan o'yinda 1:1 durang natija qayd etilgan bo'lsa Melburnda bo'lgan o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgan. Mehmonda urilgan gol evaziga Eron terma jamoasi JCH-1998 final raundiga yo'llanmani qo'lga kiritgan.

1998 yil  Franciya. Eron terma jamoasi mundialda Amerika, Germaniya va Yugoslaviya terma jamoalari bilan “F” guruhidan joy oladi. forslar guruhdagi 3 o'yinda 1 g'alaba va 2 mag'lubiyat bilan 3 ochko jamg'argan holda 3-o'rinni egallagan va Amerika terma jamoasi bilan birga musobaqani erta tark etgan. SHu bilan Eronning Franciya davlatida bo'lib o'tgan Jahon chempionatidagi yurishi o'z nihoyasiga etgan.  

JCH-2006 yil. Germaniya
2006 yili Jahon chempionatiga Germaniya davlati mezbonlik qilganidan xabaringiz bor. Yirik musobaqalarda ishtirok etish uchun barcha futbol konfederaciyalarida saralash bahslari o'tkaziladi. 2006 yilgi mundialda ishtirok etish uchun Osiyo konfederaciyasida 32 ta terma jamoa guruhlarga bo'lingan holda bahs olib borishgan. Saralashning birinchi raundida Eron, Iordaniya, Qatar va Laos terma jamoalari bir guruhdan joy olishgandi. Ushbu guruhda ham forslar deyarli barcha raqiblarini mag'lub etadi. Guruhda Eron faqat Iordaniya terma jamoasiga kichik hisobda imkoniyatni boy beradi. Qolgan uchrashuvlarda raqiblarini mag'lub etgan. Yakunda, Eron guruhda 6 uchrashuv o'tkazib 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat bilan 15 ochko jamg'argan holda saralashning keyingi bosqichiga yo'l olgan. Saralashning 2-bosqichida Eron, Yaponiya, Baxrayn va SHimoliy Koreya terma jamoalari bir guruhdan joy oglishgandi. Eron terma jamoasi ushbu bosqichda 1 durang va 1 marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Eron terma jamoasi 6 uchrashuvda 4 g'alaba 1 durang va 1 marotaba mag'lub bo'lgan. Mana shunday natijalar qayd etib 2006 yilgi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Jahon chempionati final raundida Eron “D” guruhida Portugaliya, Meksika va Angola terma jamoalari bilan bahs olib bordi. Forslar ushbu guruhda 3 uchrashuvda 1 durang qayd etib 2 mag'lubiyat bilan mundialni guruh bosqichidayoq yakunladi. 



JCH-2014 yil. Braziliya
Forslar 2014 yili Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati saralash bosqichida ham omadli ishtirok etadi va mundialning final raundiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Osiyo mintaqasida Eron terma jamoasi JCH-2014 final raundiga chiqish uchun saralash bahslarini o'tkazadi. Saralashning ilk bosqichida Eron Maldiv terma jamoasi bilan to'qnash keladi. Ushbu uchrashuvda forslarning qo'li baland keladi va raqibini ikki o'yin natijasiga ko'ra yirik (5:0) hisobida taslim etadi. SHundan so'ng Eron, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari bilan qura tashlash uchun bir savatchada joylashadi. Qura natijasiga ko'ra forslar “D” guruhida Qatar, Bahrayn va Indoneziya terma jamoalari bilan bellashadi. Bir qarashda bunday qura natijasi forslarga biroz engildek ko'rinadi. Ammo, barcha o'ylaganidek bo'lmaydi. Eron terma jamoasi ushbu guruhda 6 o'yin o'tkazib 3 g'alaba va 3 durang natija qayd etgan holda 12 ochko bilan keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritadi. So'nggi saralash bosqichida JCH-2014 yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Eron “A” guruhida Janubiya Koreya, O'zbekiston, Qatar va Livan terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Forslar so'nggi saralash bosqichining ilk turida O'zbekiston terma jamoasi mehmoni bo'ladi. Toshkentda bo'lgan o'sha uchrashuvni barcha futbol muxlislari alam bilan eslashadi. Sababi, o'sha bahsda uchrashuvning so'nggi daqiqasida forslar futbolchisi Muhammad-Rizo Xalotbori Ignatiy Nesterov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qiladi va 3 ochkoni qo'lga kiritadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi Tehrondagi uchrashuvda o'sha alamli mag'lubiyatdan revansh oladi. O'shanda vakillarimiz Eron terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etgandi. Golga esa Ulug'bek Baqoev mualliflik qilgandi. Ushbu “A” guruhida Eron terma jamoasi birinchi pog'ona bilan mundial yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Barcha mintaqalarda saralash bahslari o'z yakuniga etganidan so'ng, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoalar qura tashlash uchun savatchalarga joylanadi. Osiyo va SHimoliy Amerika terma jamoalari 3-savatchaga joylashadi va qura natijasiga ko'ra forslar “G'” guruhida Argentina, Bosniya va Nigeriya terma jamoalari bilan bir guruhda bahs olib boradi. Eron terma jamoasi ushbu guruhda 3 uchrashuv o'tkazib 1 durang va 2 mag'lubiyat bilan so'nggi o'rinni egallaydi va musobaqani tark etadi.

JCH-2018 yil. Rossiya. Saralash bosqichi.
2018 yilgi Jahon chempionatiga Rossiya mamlakati mezbonlik qiladi degan xabar dan so'ng barcha konfederaciyadagi terma jamoalar mundialga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Hususan AFK konfederaciyasida ham saralash bahslari ancha qizg'in pallaga keldi. Saralashning ilk bosqichida Eron terma jamoasi “D” guruhida Ummon, Turkmaniston, Guam va Hindiston terma jamoalari bilan bahs olib borib 8 o'yinda 20 ochko jamg'argan holda saralashning keyingi raundiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. SHunday qilib forslar saralashning so'nggi bosqichida O'zbekiston, Janubiya Koreya, Qatar, Xitoy va Suriya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Ushbu saralashning ilk turida forslar Qatar terma jamoasi darvozasiga so'nggi qo'shimcha daqiqalarda 2 ta gol urib raqiblarini mag'lub etishdi. 2-turga kelib biz kutmagan natijalar qayd etildi. Xitoy terma jamoasi Eronni o'z uyida qabul qildi va nursiz durang qayd etgan bo'lsa, Suriya terma jamoasi Janubiya Koreyani qabul qildi va ushbu uchrashuvda ham hisob ochilmadi 0:0. O'zbekiston milliy terma jamoasi esa Qatar mehmoni bo'lib safardan 3 ochko bilan qaytdi va guruhda birinchi pog'onani egallab turipti. Bu hali boshlanishi, barcha qiyin uchrashuvlar oldinda. Ayni damda barcha terma jamoalarning imkoniyatlari deyarli teng. Guruhda birinchi va ikkinchi pog'onani egallash uchun barcha terma jamoalarda imkoniyatlar etarli. 

O'zbekiston – Eron terma jamoalari o'zaro uchrashuvlari
O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Eron terma jamoasiga qarshi 1998 yil 14 dekarbda bahs olib borgan. O'shanda Bangkok shahri 13 Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilgandi. O'sha o'yinda forslar O'zbekiston milliy terma jamoasini yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Uchrashuvdagi gollarning 3 tasiga Ali Dai mualliflik qilgan bo'lsa Ali Musaviy bit golni o'z nomiga rasmiylashtirib qo'ygan. Eron hamda O'zbekiston milliy terma jamoalari 2007 yilgi Osiyo chempionati guruh bosqichida to'qnash kelishgan. O'shanda vakillarimiz forslarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan. O'sha uchrashuvdagi barcha gollarga Eron terma jamoasi futbolchilari mualliflik qilishgandi. O'yinning 16 daqiqasida Raxmon Rizoiy o'z darvozasini ishg'ol qilib terma jamoamizga yordam berib yuborgandi. Ikkinchi bo'limda esa Said Xusayniy va Javod Kozimiyon terma jamoamiz darvozasini ishg'ol qilib g'alabani qo'lga kiritgandi.

SHundan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi forslar bilan 2009 yili Toshkentda “Paxtakor” stadionida o'rtoqlik maqomi ostida bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvda tomonlar nursiz durang qayd etadi. Oradan 5 yil o'tgach azaliy raqiblar yana to'qnash keladi. Bu safar 2014 yilgi Jahon chempionati saralashning so'nggi bosqichida guruhda bahs olib boradi. O'shanda milliy terma jamoamiz Vadim Abramov boshchiligida maydonga tushib keladi. O'sha o'yinni barcha futbol muxlislari alam bilan eslashadi. O'shanda o'yinni boshqargan bosh hakam yaponiyalik Yuichi Nishimura Odil Ahmedovning Maxdiy Rahmatiy darvozasiga urgan golini inobatga olmaydi. Uchrashuv yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida Muhammad Xalatboriy Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol qiladi va g'alabani ilib ketadi. Tehronda bo'lib o'tgan javob bahsida esa Ulug'bek Baqoevning yagona goli evaziga g'alaba qozongandik. O'zbekiston milliy terma jamoasi so'nggi marotaba 2015 yili forslar bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi. Toshkentda bo'lgan uchrashuvda vakillarimiz 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari 6 marotaba to'qnash kelishgan. 4 marotaba forslar g'alaba qozongan bo'lsa 1 marotaba vakillarimizning qo'li baland kelgan. 1 marotaba tomonlar murosa yo'lini tanlashgan.



Eron terma jamoasining Xitoy terma jamoasiga qarshi guruhdagi ikkinchi uchrashuvi natijasi bilan tanishing.

Xitoy - Eron 0:0
Xitoy:
Zen CHeng (Gu CHao, 12), Ren Xang, Li Ksuepeng, Jang Linpeng, Feng Ksyaoting, Vu Li, Jang Yuning, Xao Junmin, Jao Mingjian, Xuang Boven (Zang Xize, 55), YU Xai.
Eron: Alirizo Beyranvand, Murtazo Puraliganji, Pejman Montazari (Jalol Hussayni, 23), Ramin Rizoian, Milad Muhammadi, Andranik Temurian, Said Izzatullohi, Masud SHojai (Rizo Guchannajod, 78), Alirizo Jahonbahsh, Vohid Amiri (M.Torabi, 73), Sardor Azmun.
Ogohlantirishlar: Vohid Amiri 5, YU Xai 40, Ren Xang 40,

Eron terma jamoasining O'zbekistonga qarshi tarkibi
Darvozabonlar:
Alirizo Haqiqiy (“Maritimo”, Portugaliya), Alirizo Biyronvand (“Persepolis”, Eron), Muhammadrizo Axboriy (“Traktorsoziy”, Eron).

Himoyachilar: Vuriya G'ofuriy (“Istiqlol”, Eron), Ramin Rizoiyon (“Persepolis”, Eron), Milod Muhammadiy (“Terek”, Rossiya), Sayid Og'oiy (“Traktorsoziy”, Eron), Jalol Hussayniy (“Persepolis”, Eron), Murtazo Puraliganjiy (“As Sadd”, Qatar), Muhammad Ansoriy (“Persepolis”, Eron), Izzatillo Purg'oz (“Istiqlol Xuziston”, Eron),

Yarim himoyachilar: Ehson Hojisafi (“Sepohon”, Eron), Umid Ibrohimiy (“Istiqlol”, Eron), Sayid Izzatullohiy (“Rostov”, Rossiya), Andronik Teymuryan (“Moshinasoziy”, Eron), Mehdi Turobiy (“Saypa”, Eron), Alirizo Jahonbaxsh (“AZ-Alkmaar”, Niderlandiya), Vohid Amiriy (“Persepolis”, Eron), Mehdi Torimiy (“Rizaspor”, Turkiya), Ashkan Dejaga (“Al-Arabiy”, Qatar), Masud SHo'jaiy (“Panionios”, Greciya), So'rush Rafeiy (“Traktorsoziy”, Eron)

Hujumchilar: Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya), Karim Ansorifard (Panionios, Greciya), Rizo G'uchannajod (“Herenven”, Niderlandiya)


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика