So’nggi yangiliklar

19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  2 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  6 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  6 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  26 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4

Eron so'nggi daqiqada g'alabani ilib ketdi Yangiliklar

Eron so'nggi daqiqada g'alabani ilib ketdi

O'rtoqlik o'yini doirasidagi O'zbekiston - Eron uchrashuvidan matnli onlayn translyaciyani ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

O'rtoqlik o'yini.

O'zbekiston - Eron 0:1

11.06.2015. "Bunyodkor" stadioni.

Bosh hakam: Vladislav Ceytlin.

Gol:Mehdi To'robiy (90)

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Aziz Haydarov (13.Lutfulla To'raev, 63), 8.Ikromjon Aliboev, 9.Odil Ahmedov (16.Fozil Musaev, 46), 11.Igor Sergeev (6.Bahodir Nasimov, 70), 14.SHuhrat Muhammadiev (Akmal SHorahmedov, 76), 15.Sardor Rashidov, 18.Zohir Qo'ziboev (17.Sanjar Tursunov, 44), 19.Vitaliy Denisov (22.Farruh Sayfiev, 46).

Zaxira: 1.Eldorbek Suyunov, 21.Akbar To'raev, 4.SHohruh Gadoev, 6.Bahodir Nasimov, 10.Jasur Hasanov, 13.Lutfulla To'raev, 16.Fozil Musaev, 17.Sanjar Tursunov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 2.Egor Krimec, 22.Farruh Sayfiev, 23.Akmal SHorahmedov.

Eron: 1.Alirizo Hagigi, 11.Voria, 3.Ehson Hajsafiy, 15. Pejman Muntazari, 5.Muhammad Husayni Xoni-Zodogon, 18. Said Izatulahiy, 14.Andranik Teymuryan, 7.Masud SHojai, 10.Vohid Amiri, 17.Taremi, 16. Rizo Guchanijod.

Zaxira: 12. Susha Makani, 22.Alirizo Biranvand, 9. Omid Ibrohimi, 19.Hoshim Begzohid, 20.Sardor Azmun, 21.Mehdi SHarifi, 23.Ramin Rizoin, 24.Milad Muhammadi, 4.Ezzatulloh Purga, 26.Mehdi Torabi, 8.Murtoza Puraliganji, 2.Husrav Haydariy, 30.Muhammadrizo Akbariy.


Ogohlantirishlar
: Teymuryan (21), Mullajonov (43), Musaev (74)


                                     MATNLI TRANSLYACIYA

                                              YANGILASH



- O'zbekiston - Eron uchrashuvidan olib borgan reportajimizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- Uchrashuv yakunlandi!


- Gol! Eron hisobni ochdi. Gol muallifi - Sardor Azmun. Himoyadagi palapartishlik va natijada gol o'tkazib yuborildi.


- Sanjar Tursunov jarima zarbasini o'zi amalga oshirdi. Noaniq.


- Qo'shimcha daqiqalar boshlandi. Sanjar Tursunov jarima zarbasi ishlab oldi. Standart vaziyati.


90` Uchrashuvning asosiy vaqtida 5 daqiqa qo'shib berildi.


89` Anzur Ismoilov uzoqdan darvozaga zarba berdi. Hagigi to'pni ushlab oldi.


88` Ikrom Aliboev ajoyib harakat qildi va to'pni raqibidan olib qo'yib, yana jamoamizning hujumini boshlab berdi. Biroq hujumni rivojlantirishda kelganida yana oqsadik.


87` Jarima zarbasi. Sanjar Tursunovning tepgan to'pini Hagigi ushlab oldi.


86` Xavfli vaziyat! SHarifi! Ignatiy Nesterovdan seyv!


83` Sardor Rashidov maydonda deyarli ko'rinmayapti.


81` Eron himoyasini yorib o'tish qiyin kechmoqda.


79` Hozircha tashkil etilayotgan hujumlar besamar ketmoqda.


77` O'yinda yana kichik tanaffus. Futbolchilar tomog'larini xo'llab olishdi.


76` O'zgarish. O'zbekiston. SHuhrat Muhammadiev o'rniga Akmal SHorahmedov tushdi.


75` Xavfli vaziyat! Sardor Azmun jarima maydonchamiz ichida juda faol o'ynamoqda. Aynan uning harakatlari evaziga jamoasining navbatdagi hujumi rivoj olgandi. Azmunning zarbasi yo'liga aynan eronlik futbolchining o'zi tug'anoq bo'ldi va hisob ochilmay qoldi.


74` Fozil Musaev maydon markazida raqibga nisbatan qoidani buzdi va Ceytlin unga sariq kartochka ko'rsatdi.


73` Endi Eron darvozamiz oldida hujumlar uyushtirmoqda. Himoyachilarimiz so'nggi pallada yaxshi harakat qilishdi va xavfni bartaraf etishdi.


72` Sanjar Tursunovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'piga To'raev boshi bilan zarba berdi. Hagigi yana jamoasi joniga oro kirdi.


71` O'zgarish. O'zbekiston. Igor Sergeev o'rniga Bahodir Nasimov maydonga tushdi.


70` Ajoyib hujum! Aliboev-Tursunov-Sayfiev-Sergeev kombinaciyasi chiroyli ko'rinish oldi. Farruhning qanotdan oshirib bergan to'piga Sergeev boshi bilan zarba bergandi. Hagigi jamoasini goldan qutqarib qoldi.


69` Raqibga ko'proq bosim o'tkazish lozim, shundagina ularning himoya qo'rg'onini yorib o'tsak bo'ladi... So'nggi zarbani berishda ham shoshilmaslik darkor...


68` Bahodir Nasimov maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda...


66` Xavfli vaziyat! Sardor Rashidov qulay vaziyatni ko'kka sovurmoqda. Ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Sardorning tepgan to'pi osmon-u falakka uchib ketdi...


66` O'zgarish. Eron. Said Izatulahiy o'rniga Muhamadi Milad tushdi.


65` Ehson Hajsafiyning jarima zarbasidan tepgan to'pi xavfli ko'rinish oldi. Lekin biroz noaniq.


64` Eronning hujumi paytida to'p Anzur Ismoilovning qo'liga tegdi. Jarima zarbasi.


63` O'zgarish. O'zbekiston. Aziz Haydarov o'rniga Lutfulla To'raev maydonga tushdi.


62` O'yin asosan maydon markazida kechmoqda.


59` O'yin surati yuqori emas.


57` Vakillarimiz burchak zarbasini amalga oshirishdi. Biroq bundannaf chiqmadi. Sanjar Tursunovdan raqib himoyachisi to'pni osonlik bilan olib qo'ydi.


55` Hududiy ustunlik vakillarimizda, lekin raqib himoyasini yorib o'tish muammo bo'lmoqda.


54` Sardor Rashidov hujumda to'pni qo'li bilan o'ynadi va Ceytlin buni payqab qoldi.


52` Fozil Musaev darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.


50` Sanjar Tursunovning jarima zarbasidan tepgan to'pini Hagigi qaytarib yubordi.


48` O'zbekiston terma jamoasining hujumi besamar yakunlandi.


46` Eron tarkibida ham o'zgarish. Rizo Guchanajod, Vohid Amiri, Teymuryan, Masud SHojai,Taremilar maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Ibraimi, Husrav Haydari, Mehdi Torabi, SHarifi va Sardor Azmunlar tushishdi.


- O'zbekiston terma jamoasi tarkibida o'zgarish yuz berdi: Vitaliy Denisov o'rniga Farruh Sayfiev, Odil Ahmedov o'rniga esa Fozil Musaev tushdi.


- Ikkinchi taym boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45` Birinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


45` Taktik sxemada o'zgarish bo'lmaydi. Sergeev hujumga o'tadi, Sanjar esa o'ng qanotda harakat qiladi. To'g'ri o'zgarish.


44` O'zgarish. O'zbekiston. Zohir Qo'ziboev o'rniga Sanjar Tursunov maydonga tushdi.


44` Maydonga tushishga kuyov bola tayyorgarlik ko'rmoqda.


43` SHavkat Mullajonov jarima maydonchasi atrofida o'yin qoidasini buzdi va ogohlantirildi.


42` Igor Sergeev vinger emas, hujumchi rolida harakat qilayotgan balki o'yinda hisob ochilgan bo'larmidi...


41` Ikrom Aliboev to'pni qabul qilib, o'ziga juda chiroyli tarzda to'g'rilab oldi va zarba berdi. Lekin zarba juda noaniq ketdi.


40` Yuzaga kelayotgan imkoniyatlardan foydalanish zarur. Sardor Rashidov, Qo'ziboev, Mullajonovda gol urish uchun imkoniyat bo'lagndi. Lekin, ammo, biroq...


39` Xavfli vaziyat! Ajoyib imkoniyat! Avvaliga Zohir Qo'ziboev birga-bir vaziyatda Hagigini dog'da qoldira olmadi, keyinchalik Rashidov bo'sh qolgan darvozani "o'qqa" tuta olmadi. Hagigi Rashidovning ham zarbasini qaytarishga ulgurdi, ajoyib "seyv"! Qoyil!


38` Uchrashuvda tanaffus, yani "taym-aut"! Havo issiqligi bois Ceytlin futbolchilarga suv ichish uchun imkoniyat yaratib berdi.


37` Odil Ahmedov jarima maydonchasi ichida turgan Zohir Qo'ziboevga ajoyib to'p oshirishni amalga oshirdi. Qo'ziboevning boshi bilan bergan zarbasiga esa biroz aniqlik etishmadi.


35` Vohid Amiri chap qanotdan juda tezkorlik bilan Muhammadievdan o'tib ketdi va to'pni jarima maydonchasiga oshirdi. Biroq to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.


33` Mirjalol Qosimov va Karlos Keyrush uchrashuvni tik turgancha kuzatib borishmoqda.


32` Bu safar Eron terma jamoasi hujum tashkil qildi. Biroq ularning bu galgi urinishlari ham samarasiz yakunlandi. Nesterov to'pga birinchi bo'lib egalik qildi.


31` Eron himoyachilari Zohir Qo'ziboevga jarima maydonchasi ichida hozircha hech qanday imkoniyat berishmayapti.


30` Ahmedov Rashidovni qulay vaziyatga chiqarmoqchi bo'ldi. Uning uzatib bergan to'piga birinchi bo'lib raqib posboni Hagigi chiqib keldi va to'pni egallab oldi.


29` Odil Ahmedov o'zoq masofadan zarba berib ko'rmoqchi bo'ldi. Lekin zarba ham kuchsiz, ham noaniq chiqdi.


28` Ikrom Aliboev ham maydon markazida yomon harakat qilmayapti. Debyut o'yin uchun qoniqarli o'ynamoqda.


27` Nesterovning to'pga o'z vaqtida chiqishi raqib hujumini oldini oldi.


25` O'zbekiston terma jamoasining aksariyat hujumlari o'ng qanot orqali tashkil etilmoqda. Muhammadiev o'z qanotida faol ko'rinmoqda.


24` Xavfli vaziyat!!!!!!! SHavkat Mullajonov!!!??? Zarba! Lekin himoyachimiz zarba berayotganda darvozani aniq ko'rmadi shekilli... Juda noaniq! Qulay vaziyat ko'kka sovurildi...


23` Alirizo Hagigi to'pga chiqishda yaxshi o'ynadi va xavfni bartaraf etdi. Yana burchak zarbasi.


22` Sardor Rashidovning tepgan to'pi jonli devorga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Burchak to'pi.


21` Teymuryan ogohlantirildi.


20` Eronlik futbolchilar ancha qo'pol o'ynashmoqda. Avvaliga Muhammadiev, keyin Ahmedov va endi Sergeevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Bir daqiqa ichida uchta jarima zarbasi. Bu galgisi xavfli.


19` Hozircha hujumlarimiz xavfli ko'rinish olmayapti. Eron himoyasi ham ancha ishonchli harakat qilmoqda.


17` Sardor Rashidovning jarima zarbasidan tepgan to'pini Hagigi ushlab oldi.


16` Ceytlin vakillarimizga qarshi o'yin qoidasi buzildi deb topdi. Jarima zarbasi.


15` SHuhrat Muhammadievning faolligi evaziga hujum tashkil etildi. Lekin Muhammadievning jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pi biroz noaniq chiqdi.


14` O'yindan tashqari holat tufayli hujumimiz to'xtab qoldi.


13` Ikrom Aliboev maydon markazida faol o'ynadi va raqibdan to'pni olib qo'yib, hujumimizni boshladi. Biroq unga qarshi qo'pollik ishlatildi.


12` To'p nazorati asta-sekin vakillarimiz tomonga o'tmoqda. Pozicion hujum uyushtirishga tayyorgarlik.


10` Aziz Haydarov raqib darvozasi tomon ilk zarbani amalga oshirdi. Zarba kuchsiz chiqdi.


9` Xavfli vaziyat! Eron yana hujumda harakat qildi. Rizo Guchanijod tomon uzatib berilgan to'pga hujumchi tg'ri zarba bera olmadi. Aks holda uchrashuvda hisob ochilardi...


7` Eron jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritgandi. Teymuryanning jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini Nesterov mushtlari bilan qaytarib yubordi.


6` Eron dastlabki daqiqalarni hujumkorlik bilan o'tkazmoqda. Biz esa hozircha himoyalanish bilan bandmiz.


5` Eron hujumga o'tayotganda Vitaliy Denisov raqib hujumini "buzib" qo'ydi.


4` Xavfli hujum!  Vohid Amiri chap qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga oshirib berdi. Sal qolsa raqiblar hisobni ochishlari mumkin edi. Ignatiy Nesterov to'pga chiqishda sal adashgandi, yaxshiyamki  raqib hujumchisi to'pga oyog'ini qo'ya olmadi.


3` Eron terma jamoasining ilk hujumi. Mehmonlar himoyachisi Vorianing uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.


2` To'p bilan vakillarimiz, biroq Igor Sergeev tomon oshirilgan to'pni futbolchimiz o'ziga bo'ysundira olmadi.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!


- O'zbekiston davlat madhiyasi jaranglamoqda...


- Eron davlati madhiyasi yangramoqda...


- Diqqat qiling! O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda.


- Stadion muxlislar bilan to'lib-toshgan deb bo'lmaydi, afsuski. Bunaqangi o'yinlarda vatanimiz bosh jamoasini stadionni to'ldirib qo'llab-quvvatlasa muhit yanada chiroyliroq ko'rinish olgan bo'lardi.


- Yana bir necha daqiqalardan so'ng jamoalar maydonga chiqib kelishadi.


- Internet bilan bog'liq muammolar tufayli biroz aloqadan chetda qoldik. Matnli translyaciya davom etadi.


- Jamoalar stadionga etib kelishgan va o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarni boshlashmoqda.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! "Bunyodkor" stadionidan "gapiramiz"! O'zbekiston - Eron uchrashuvidan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyamizni boshlaymiz. O'yin davomida xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика