So’nggi yangiliklar

01:25Пеп Гвардиола омадсиз мавсум ҳақида: "Барселона" ёки "Реал"да бўлганимда мени аллақачон ишдан бўшатишган бўларди"  2 00:55Клублар ўртасидаги ЖЧга қизиқиш жуда паст  1 00:30"Тоттенхэм" янги бош мураббийи учун 10 млн товон пули тўлайди  0 00:10Матеус Кунья: "Манчестер Юнайтед"ни болалигимдан яхши кўраман"  0 23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  2 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  2 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  3 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  14 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2

Eron SHimoliy Koreyaga qarshi safar o'yinini boshqa mamlakatda o'tkazishni istamoqda Yangiliklar

Eron SHimoliy Koreyaga qarshi safar o'yinini boshqa mamlakatda o'tkazishni istamoqda

Teglar :  KNDRMehdi TojEron
Eron futbol federaciyasi prezidenti Mehdi Tojning aytishicha, jamoaning JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi SHimoliy Koreyaga qarshi safar o'yini neytral maydonda o'tkazilishi mumkin.

Federaciya rahbari bunga logistik masalalarni sabab qilib ko'rsatgan. 

"Guruhdagi jamoalar masofa jihatdan bizga yaqinroq ekanligidan mamnunman. Bitta reys orqali BAA, Qatar yoki Qirg'izistonga bora olamiz. Faqat SHimoliy Koreya safari qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Biz ularga safardagi o'yinni Malayziya yoki Xitoyda o'tkazishni taklif qilmoqchimiz, turli variantlarni ko'rib chiqyapmiz. Mamlakatlar o'rtasidagi mavjud munosabatlar tufayli bu ish amalga oshishi mumkin", dedi Mehdi Toj Shafaqna Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 3-saralash bosqichidan o'rin olgan SHimoliy Koreya — Eron uchrashuvi 14 noyabrga rejalashtirilgan. Mazkur guruhdan O'zbekiston terma jamoasi ham o'rin olgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика