So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  0 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  18 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  13 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

Eron. Qilichev va Musaevda durang, Melziddinov jamoasida g'alaba Yangiliklar

Eron. Qilichev va Musaevda durang, Melziddinov jamoasida g'alaba

Kuni kecha Eron Pro-ligasida 19-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Etiboringizga legionerlarimiz ishtirokidagi o'yinlarni taqdim etamiz.

Fozil Musaev to'p tepayotgan "Sepaxon" klubi o'z maydonida "Naft Tehron"ni qabul qildi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Musaev bahsda to'liq 90 daqiqa o'ynadi. "Sepaxon" 19ta turdan so'ng 34 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasini egallab turibdi. Klub navbatdagi turni 13 fevral kuni safarda "Fulad"ga qarshi o'tkazadi.

Eron pro-ligasi musobaqa jadvali
"Sepaxon" - "Naft Tehron" 1:1
Gollar:
Agili 11 - Abbos Buoazar 79.

Ruslan Melziddinov to'p tepayotgan "Naft Masjid Sulaymon" klubi o'z uyida "Sabo Qom"ni qabul qildi. Bu bahsda "Naft" 1:0 hisobida zafar quchdi. Melziddinov 90 daqiqa o'ynadi. Klub ushbu g'alabadan so'ng 18 ochko bilan 13-pog'onaga chiqib oldi. Melziddinov jamoasi keyingi bahsni 12 fevralda "Gostaresh Fulad Tabriz" bilan o'ynaydi.

"Naft Masjid Sulaymon" - "Sabo Qom" 1:0
Gol: Farzad Muhammadi 79


Oybek Qilichev va "Paykon" bu turda o'z maydonida "Gostaresh Fulad Tabriz" bilan durang o'ynadi - 1:1. Hamyurtimiz uchrashuvda to'liq o'ynadi. Ayni paytda 20 ochko bilan musobaqa jadvalining 11-pog'onasida borayotgan klub keyingi o'yinni 8 fevral kuni safarda "Istiqlol"ga qarshi o'tkazadi.

"Paykon" - "Gostaresh Fulad Tabriz" 1:1
Gollar: S.Dagigi 45 - Magno 32


Bahodir Nasimov faoliyat olib borayotgan "Padideh" klubi bugun, 6 fevral kuni safarda "Tarktor Sozi" bilan bellashadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика